Özbekiston – AQŞ strategik şerikligini yanada mustahkamlaşning amaliy jihatlari, şuningdek, ustuvor yönalişlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş masalalari muhokama qilindi.

Qöşma Ştatlar Özbekistonning asosiy şeriklaridan biri ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro savdo hajmi 1 milliard dollardan oşdi, mamlakatimiz bozorida AQŞning 340 ga yaqin kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.

Energetika, öta muhim minerallar, transport, qişloq xöjaligi, axborot texnologiyalari va boşqa sohalarda yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Qiymati 35 milliard dollar bölgan uç yillik Iqtisodiy hamkorlik dasturi amal qilmoqda. Bugun işbilarmonlik tadbirlari doirasida bir qator muhim kelişuvlar imzolanişi kutilmoqda.

Ustuvor loyihalarni tizimli qöllab-quvvatlaş uçun yaqinda taşkil etilgan Işbilarmonlik kengaşining imkoniyatlaridan foydalaniş va Investitsiya platformasini işga tuşiriş zarurligi ta’kidlandi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Savdo munosabatlarini rivojlantiriş hamda Özbekiston hududlari bilan töğridan-töğri işbilarmonlik aloqalarini kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.