Şavkat Mirziyoyevning Vaşingtonga amaliy taşrifi doirasida AQŞ savdo vakili Jyeymison Grirni qabul qildi va qöşma loyihalar doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimining amaliy natijalarini muhokama qildi. Qöşma loyihalar taqdimotida videoaloqa orqali Özbekiston hududlari rahbarlari ham qatnaşdi.
Özbekiston – AQŞ strategik şeriklik munosabatlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida barqaror sur’atda rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
Özaro savdoni köpaytiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişdagi muvaffaqiyatlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Ötgan yili tovar ayirboşlaş hajmi 1 milliard dollardan oşdi.

Özbekistonning JSTga a’zo böliş jarayonini yakuniga yetkazişga oid masalalarda amaliy hamkorlikni kuçaytiriş va AQŞ tomonidan uşbu jarayonlarni yanada qöllab-quvvatlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Mahsulotlarni barqaror yetkazib beriş, texnik tartibga soliş va raqamli savdoga oid mintaqaviy yondaşuvlarni işlab çiqiş maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ örtasidagi Savdo va investitsiyalar böyiça hadli bitim (TIFA) doirasida hamkorlikni faollaştiriş taklifi bildirildi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston Prezidenti AQŞ savdo vakili Jyeymison Grirni joriy yilning iyun oyida bölib ötadigan Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etişga taklif qildi.

Şavkat Mirziyoyev Vaşington şahriga taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolaşga bağişlangan marosim va qöşma loyihalar taqdimotida ham iştirok etdi.
Tadbirda AQŞ hukumati va moliya institutlari vakillari – savdo vakili Jyeymison Grir, Prezidentning maxsus vakili Paolo Zampolli, Eksimbank prezidenti va raisi Jon Yovanoviç, AQŞ – Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, şuningdek, “Traxys”, “Valmont Industries”, “Gulf Oil”, “Avigen Broiler Breeding Group”, “John Deere”, “BlackRock Financial Markets Advisory”, “Oppenheimer” va boşqa yetakçi kompaniyalar rahbarlari iştirok etdi.
Videoaloqa orqali uçraşuvda Özbekiston hududlari rahbarlari ham qatnaşdi.















