Uçraşuvda tinçlik maqsadlaridagi atom energetikasi sohasida Özbekiston–Qozoğiston hamkorligining asosiy yönalişlari körib çiqildi. Jumladan, Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi loyihasini amalga oşiriş va mintaqada yadroviy hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Qozoğiston tomoni Özbekistonning Yadroviy zarar uçun fuqarolik javobgarligi töğrisidagi Vena konvensiyasiga qöşilişini (2026 yil 7 fevraldan kuçga kirgan) yuqori baholab, bu qöşni davlatlar uçun muhim huquqiy kafolatlarni yaratişini va mamlakatning xalqaro xavfsizlik standartlariga sodiqligini tasdiqlaşini ta’kidladi.

Şuningdek, kadrlar tayyorlaş, ilmiy tadqiqotlar, radioekologik monitoring, ekologiya va suv masalalari böyiça axborot almaşiş, ehtimoliy favqulodda vaziyatlarda tezkor xabar beriş va çora köriş mexanizmlari yuzasidan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Ikki davlat idoralari örtasida doimiy işçi aloqa kanalini şakllantiriş muhimligi qayd etildi.

Tomonlar atom energetikasi böyiça mintaqaviy kompetensiyalar markazi doirasida qöşma ta’lim dasturlari, amaliyotlar va ekspert maslahatini rivojlantirişga özaro qiziqiş bildirdi.

Şuningdek, Qozoğiston Atom energiyasi agentligi vakillarining 2026 yilning III–IV çoragida “Özatom” agentligiga rejalaştirilgan işçi taşrifi doirasida muloqotni davom ettirişga kelişib olindi.

Uçraşuv yakunida tomonlar mintaqaviy energetika xavfsizligini mustahkamlaş va barqaror rivojlaniş manfaatlari yölida oçiqlik, şaffoflik va özaro işonç tamoyillariga sodiqligini tasdiqladi.