Ötgan yili Prezident Donald Tramp bilan bölib ötgan muzokaralar AQŞ işbilarmon doiralari bilan savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirişga kuçli turtki bergani ta’kidlandi.
Işbilarmonlik kengaşi faoliyatini qöllab-quvvatlaş va ustuvor loyihalarni tizimli ilgari suriş uçun Investitsiya platformasini işga tuşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Eksimbank bilan hamkorlik yönalişlari belgilab olindi. Yirik sanoat va infratuzilmaviy loyihalarni moliyalaştirişni kengaytiriş hamda yuqori texnologiyali uskunalar yetkazib berişni qöllab-quvvatlaş şular jumlasidan.
DFC rahbariyati bilan suhbatda investitsiyaviy hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlaş muhimligi ta’kidlandi. Korporatsiyaning yirik milliy va mintaqaviy loyihalarda iştirok etiş, moliya bozori va energetika tarmoğini rivojlantiriş böyiça rejalari qöllab-quvvatlandi.
Özbekiston Prezidenti AQŞ tomonini Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etişga taklif qildi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston Prezidenti huzurida taşrif davomida imzolangan Özbekiston va AQŞ örtasida investitsiya platformasini taşkil etiş töğrisidagi bitim almaşildi.













