Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotadagi «Qayrat» va «Real» tarixiy o‘yinida beshta gol urildi
Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan bahsda dunyo futboli grandi yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Foto: Getty images
«Qayrat» – «Real» 0:5
Gollar: Mbappe, 25 - penalti (0:1). Mbappe, 52 (0:2). Mbappe, 74 (0:3). Kamavinga, 83 (0:4). Dias, 90+3 (0:5)
«Qayrat»: Kalmurza, Martinovich, Sorokin, Luish Mata, Tapalov (Baybek, 64), Kasabulat, Arad (Stanoyev, 64), Gromiko (Zariya, 80), Mrinskiy, Jorjinio (Edmilson, 64), Satpayev (Rikardinio, 80)
«Real»: Kurtua, Alaba, Hausen, F. Garsiya, Raul Asensio, Tshuameni (Bellinghem, 80), Sebalyos, Vinisius Junior (Dias, 70), Mastantuono (Rodrigu, 70), Mbappe (G. Garsiya, 81), Arda Guler (Kamavinga, 80)
Ogohlantirishlar: Gromiko, 48. Arad, 55
Qozog‘istonning Olmaota shahrida Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan «Qayrat» - «Real» o‘yini o‘tkazildi.
Ispaniya va dunyo futboli grandi birinchi marta Qozog‘istonga bordi. Dastlabki daqiqalardan jamoalarning asosiy yulduzlari - Doston Satpayev, Sherxon Kalmurza, Kilian Mbappe va Vinisius Junior maydonga tushdi. Stadion muxlislar bilan to‘ldi.
Birinchi taymda yagona golni fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe urdi, u 25-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi.
Ikkinchi bo‘limda Mbappe yana ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi - 52- va 74-daqiqalarda va hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Fransiyalik hujumchining ikki goli orasida hakam «Real» darvozasiga penalti belgiladi, biroq videotakrorlarni ko‘rib, penaltini bekor qildi.
«Qayrat» ustozi Rafael Urazbaxtin o‘zgarishlar bilan o‘yinni o‘zgartirishga harakat qildi va Baybek, Edmilson, Stanoyev, Rikardino va hatto uzoq vaqt davomida jarohati tufayli o‘ynamagan Zariyani maydonga tushirdi. Biroq, almashtirishlar o‘yinning borishini o‘zgartirishga yordam bermadi.
83-daqiqada Eduardo Kamavinga «Qayrat» darvozasiga to‘rtinchi golni urdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Braim Dias beshinchi golni urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Madridning «Real» klubi o‘z tarixida birinchi marta Qozog‘iston hududida o‘yin o‘tkazdi. Olmaotaliklar uchun Yevropaning eng sovrindor klubi bilan bahs Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidagi ilk uy o‘yini bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
13:23 / 27.09.2025
Madridda derbi, «Arsenal» va «Liverpul»da qiyin safar. Hafta o‘yinlari anonsi
11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
16:55 / 23.05.2025