Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Savdo-logistikada Ozarboyjon asosiy ishtirokchi” – Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri
Kun.uz bilan gaplashgan Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarinning aytishicha, Ozarboyjonning Markaziy Osiyo maslahat uchrashuviga qo‘shilishi – yaxshi signal. Chunki savdo-logistika tomonlama bu davlat mintaqa uchun juda muhim va bu yo‘nalishda Ozarboyjon asosiy ishtirokchi.
Foto: Kun.uz
Ozarboyjon Markaziy Osiyo davlatlari bilan MDH hamda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida muloqotga ega. (Turkiy tashkilotdagi dialogda mintaqadan faqat Tojikiston yo‘q). Bundan tashqari, yaqin 8 yil mobaynida Ozarboyjon prezidenti Markaziy Osiyoga o‘n martadan ortiq tashriflarni amalga oshirgan.
Ozarboyjonning ketma-ket uch yillik maslahat uchrashuvidagi qatnashuvidan keyin 2025 yildan e’tiboran to‘la huquqli a’zo davlatga aylanishi – muhim qadam.
“Biz uchun bu juda muhim. Ozarboyjon — eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. Bizni qadimiy birodarlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro yordam munosabatlari bog‘lab turadi. Sharqdan g‘arbga yo‘nalgan savdo-logistika yo‘nalishida bugungi kunda Ozarboyjon asosiy ishtirokchidir. Bugun biz Ozarboyjon bilan savdo-logistika hamkorligini davom ettirishning turli variantlarini ko‘rib chiqdik, prezidentlar, jumladan, yangi yo‘lak ochish imkoniyatini ham tilga olib o‘tdi. Shu munosabat bilan, albatta, bugun menimcha, tarixiy voqea bo‘ldi”, deydi Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, milliy iqtisodiyot vaziri.
Eslatib o‘tamiz, sammitda bu to‘g‘risidagi alohida hujjatga mintaqa prezidentlari imzo chekdi. Prezident Ilhom Aliyev esa Markaziy Osiyo va Ozarboyjon allaqachon yagona geosiyosiy va geoiqtisodiy mintaqa ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:32
Shveytsariya Markaziy Osiyo uchun 200 mln dollarlik dasturni ishga tushirdi
19:21 / 30.03.2026
Tadqiqot: Markaziy Osiyo daryolari muzliklarga bog‘liq holda o‘zgarish bosqichida
17:30 / 25.03.2026
Qo‘shtepa, Orol, Rog‘un va suv tanqisligi – vazir bilan suhbat
09:04 / 23.03.2026