Özbekistonlik migrantlar hayoti qulaylaşadi. Özbekistonga köproq pul kirib keladi. Investitsiya hajmi ösadi. Energetika, tabiiy gaz qazib oliş hajmi ortadi. Qişloq xöjaligi va boşqa mahsulotlar eksporti oşadi, bu taşqi savdo hajmi 80 foizga ösişini anglatadi va hakozolar.
Yuqoridagilar senator Odiljon Iminovning Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida bildirilgan fikrlar edi. Senatorning ta'kidlaşiça, Özbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bölsa, oliy ta'lim sohasida ham diplomlarni özaro tan olişda qator yengilliklar vujudga keladi. Migrantlarga bölgan munosabatda ijobiy özgarişlar paydo böladi.
Kun.uz ayni iddaolar qançalik haqiqatga yaqin, degan savollar bilan bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida bölib turgan ekspertlarga murojaat qildi. Migrantlar huquqlari bilan şuğullanib kelayotgan huquqşunos Botirjon Şermuhammad hamda iqtisodçi-ekspert Jamşid Muslimov quyidagi savollarga öz fikrlarini bildirişdi.
— Özbekistonning YeOIIga a'zo bölişi migrantlarga qançalik foyda beradi?
J.M.: Senatorimiz birgina migrantlar masalasi bois, YeOIIga a'zo böliş uçun ikki qölimni kötarib ovoz beraman, dedilar. U kişining bu bayonoti, göyoki siz migrantlar Rossiyada işlab, bizga köproq pul yuboraveringlar, biz bu yerda uni sarflaymiz, degandek taassurot uyğotmoqda. Ammo, siz mehnat muhojirlarining fikrini söraydigan bölsangiz, kimdir yoqlaydi, kimdir vaqti kelib, vatanga qaytişni reja qiladi.
Eksport masalasini gapirdilar. Rossiyaga Özbekistonning qişloq xöjalik mahsulotlari, tekstildan boşqa narsasi unçalik qiziq emas.

B.Ş.: Migrantlarimiz, Özbekiston taşkilotga a'zo bölsa, Rossiyaga kelgan birinçi kundan mehnat qilişlari mumkin böladi. 7 kun içida emas, 1 oy muddatda röyxatga qöyişga ruxsat beriladi.



















