– Odiljon Karimoviç, mavzu böyiça fikringizni bilişdan oldin bir savol bermoqçiman: hozirgi kunda bu borada juda kuçli bahs-munozaralar ketmoqda, ularni kuzatib boryapsizmi? Odamlarning faolligini qanday baholaysiz?
– Albatta kuzatib boryapman va xursand bölyapman. Bir tarafdan yurtdoşlarimizning davlatimizdagi iqtisodiy jarayonlarga befarq emasligiga, ikkinçi tomondan ayni şu mavzu xalqimiz e'tiboriga tuşganiga va atrofliça tahlil qilinayotganiga. Demak, bu masala barçaning diqqatini öziga torta oldi. Ammo har qanday muhokamalar real faktlarga asoslansa, mazmunli böladi.
Köpçilik bu ittifoqqa kiriş masalasi Rossiyaning Federatsiya Kengaşi raisi Valentina Matviyenko kelganidan keyin körila boşlandi, deb öylaydi. Aslida, mutlaqo unday emas. Bu masala deyarli uç yildan beri muhokama qilinmoqda. Sababi, juda ma'noli maqolimiz bor – birlaşgan özar. Dunyoda turli-tuman ittifoqlar bor. Masalan, AQŞ, Kanada va Meksika kabi davlatlarni özida jamlagan NAFTA taşkiloti erkin savdolarga imkoniyat beradi. Yoki Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR kabi davlatlar qöşilgan BRIKS ittifoqidagi mamlakatlar hatto bir-biriga qöşni ham emas. Davlatlar iqtisodiyoti yuksak darajada integratsiyalaşgan, hatto yagona pul birligiga ega Yevropa Ittifoqi bu borada eng katta va eng namunali misol böladi.
– Bu masala deyarli uç yildan buyon muhokama qilinmoqda, dedingiz. Demak, jarayonni Şavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylanişi bilan boğlaş mumkinmi?

– Davlatimiz rahbari özining ilk safarlarini yaqin qöşni davlatlarga uyuştirganini yaxşi bilasiz. Odatda yangi saylangan prezidentlar öz safarlarini yirik va rivojlangan davlatlardan boşlaşadi. Ammo prezidentimiz yaqin qöşnilardan boşladi va bunda çuqur ma'no bor. E'tibor bergan bölsangiz, ma'ruzalaridan birida hatto «öz qöşnilarimiz bilan yaxşi munosabat örnata olmasak, uzoq davlatlar bizga qanday işonsin?» degan mazmundagi sözlar ham bor edi.
Rejadagidek, barça qöşnilarimiz bilan munosabatlar iziga tuşirildi, şu bilan bir paytda, iqtisodiy jihatdan katta boğliqlik bölgan davlatlar bilan ham özaro hamkorlik kuçaytirildi. Bu ittifoqqa e'tibor qaratiş va kiriş imkoniyatlarini örganişni öşa jarayonlarning mantiqiy davomi deb qaraşimiz mumkin.

















