Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi
Aksiya doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
“Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 maydan har oyning 10- va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun”, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi.
Bunda:
- mazkur aksiyalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi;
- ushbu sanalar ish kunlariga to‘g‘ri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.
2026 yil 1 avgustdan “trade-in” dasturi doirasida eskirgan avtotransportlarni topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi transport vositalarini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.
2026 yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonalariga ajratib chiqilishi ta’minlanadi.
2026 yil 1 apreldan chang bo‘ronlarining oldini olish uchun Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida “yashil devor”lar barpo etish boshlanadi.
Mavzuga oid
13:50 / 31.03.2026
Toshkentda sanoat zonalari tashkil qilishga moratoriy e’lon qilindi
18:28 / 30.03.2026
Tabiatga yetkazilgan zararni kompensatsiya qiluvchi “Yashil chipta” tizimi joriy etiladi
21:27 / 28.03.2026
Toshkentda 108 tup daraxt noqonuniy ko‘chirib o‘tqazilganligi aniqlandi
19:24 / 08.03.2026