Özbekiston prezidenti atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasi töğrisida farmon imzoladi.
Unga asosan, Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça Maxsus komissiya (2025 yil noyabr oyida tuzilgan) faoliyati 2027 yil 1 martgaça uzaytirildi. Komissiya bundan buyon Ekologik vaziyatni yaxşilaş yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça respublika Maxsus komissiyasi deb ataladi.
Har bir hudud uçun alohida “Toza havo” dasturlari işlab çiqiladi.
2026 yil 1 apreldan boşlab Toşkent şahrida yangi sanoat zonalarini taşkil qilişga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Xizmat körsatiş yoki moliyaviy xizmatlarga ixtisoslaşgan zonalar bundan mustasno.
Farmonga binoan:
- 2026 yil 1 oktyabrdan boşlab Xalqaro standartlaştiriş taşkilotining ekologik menejment, issiqxona gazlarini boşqariş, ekologik xavfsizlik va yaşil energiya xalqaro sertifikatlarini olib, mahsulotining 30 foizini muqobil energiya hisobiga işlab çiqargan korxonalarning sertifikatni oliş xarajatlarining 50 foizigaça bölgan qismi qoplab beriladi (Ekologiya qömitasi huzuridagi Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etiş davlat maqsadli jamğarmasi mablağlari hisobidan);
- 2026 yil 1 maygaça Toşkent şahri hamda unga tutaş hududlarda joylaşgan issiqlik va elektr energiyasini işlab çiqariş korxonalarida ustuvor (turğun) manbalar böyiça majburiy tartibda avtomatik monitoring stansiyalari va avtomatik kuzatuv postlari örnatiladi hamda uşbu qurilmalardan olinadigan ma’lumotlar Ekologiya qömitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinadi;
- atrof-muhitga ta’siri böyiça I va II toifaga kiruvçi korxonalar tomonidan örnatilgan avtomatik monitoring stansiyalari Ekologiya qömitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga












