Farmon bilan, 2026 yilning 1 may kunidan boşlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari ötkazib borilişi belgilangan.

Hujjatga köra, davlat taşkilotlari va idoralari xodimlari tomonidan aksiya ötkaziladigan kunlarda xizmat avtotransport vositalaridan foydalaniş qat’iyan taqiqlanadi va uşbu sanalar iş kunlariga töğri kelganda haydovçilarning iş haqi saqlab qolinadi.

Aksiyani yuqori saviyada taşkil etiş va muvofiqlaştiriş böyiça Maxsus komissiyaning tegişli bayoni qabul qilindi. Unga muvofiq davlat fuqarolik xizmatçilari tomonidan “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyasi doirasida xizmat avtotransport vositalaridan foydalaniş mazkur xodimlar tomonidan odob-axloq (etika) qoidalarining buzilişiga tenglaştirildi. Belgilangan talablarga rioya etmaslik davlat organlari va taşkilotlari rahbarlariga ular rahbarlik qilayotgan taşkilotlarda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatçilarini intizomiy javobgarlikka tortiş uçun asos böladi.

Ekoqömita barça davlat taşkilotlari xodimlari va fuqarolardan uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlaş va unda faol iştirok etiş, atrof-muhit musaffoligini ta’minlaş va yurtimizda soğlom ekologik muhitni şakllantirişga munosib hissa qöşişni söramoqda.