20:46 / 01.04.2023
23151

Allamjonov pedofillarni kimyoviy kastratsiya qilish uchun qonunchilikni o‘zgartirishga chaqirdi

U ko‘plab davlatlarda bu jazo borligini aytdi. 

Foto: Milliy mass-media fondi

Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov Xorazm viloyatida mansabdor shaxslarning pedofiliyada ayblangani va sudlangani haqidagi xabarga keskin munosabat bildirdi. 

«Pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirish kiritish vaqti keldi! 

Agar bu masala dunyo tajribasisiz bo‘lmaydi, qayda bor bu jazo, desangiz Qozog‘iston, Ukraina, Germaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Isroil, Janubiy Koreya, Fransiya, AQSh va hokazo davlatlarni ko‘ring. Ularda bor ekan bu jazo. Xitoy, Lotin Amerikasi davlatlari, Saudiya Arabistoni va Eronda birato‘la o‘ldirib yuborilar ekan», deb yozdi Allamjonov. 

Avvalroq, Xorazmda viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i va tuman FVB rahbari Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilib kelgani, 15-17 yoshlardagi himoyasiz qizlarni bu ishga Mehribonlik uyi mudirasi majburlagani, mudira 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingani, ikki mansabdorning ozodligi bir yarim yilga cheklangani haqida xabar berilgan edi. 

Top