Sport | 00:10 / 27.07.2021
48852
2 daqiqa o‘qiladi

Tokio-2020. 27 iyulda chiqish qiladigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati

27 iyul kuni Yozgi Olimpiadaning to‘rtinchi kungi bahslari o‘tkaziladi. Yana 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi 4 sport turi bo‘yicha o‘z omadini sinab ko‘radi.

Bugun ikki nafar dzyudochi, bir nafardan taekvondo, boks va suzish sporti vakillari musobaqalarda ishtirok etadi.

Soat 7:00da taekvondochilarning so‘nggi vakili Svetlana Osipova (+67 kg) medallar uchun kurashadi. Uning ilk raqibi  qozog‘istonlik Cansel Deniz bo‘ladi. 

Soat 7:00da dzyudo bo‘yicha musobaqalar ham boshlanadi. Farangiz Hojiyeva (-63 kg) kabo verdelik Sandrin Billetga qarshi gilamga chiqadi.

Erkak dzyudochilar jamoasida Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) ham kurashga kirishadi. Unga vanuatulik Ugo Kumbo raqiblik qiladi. Dzyudo bo‘yicha musobaqalar kun bo‘yi davom etadi.

Soat 07:15da bokschilar jamoasidan Bobo-Usmon Boturov (-69 kg) birinchi jangini o‘tkazadi. Uning ilk bosqichdagi raqibi dominikanlik Rohan Polanko bo‘ladi.

Soat 15:10da suzuvchi Xurshidjon Tursunov 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha saralash bahslarida qatnashadi.

UPD: Ob-havo noqulay kelishi sababli akademik eshkak eshish bo‘yicha 29-30 iyul kundagi musobaqalar 27 iyulga ko‘chirilgandi va bugun soat 5:00da Sobir Safaraliyev va Shahboz Xolmirzayev chiqish qilishi kutilgandi. Ammo bu qaror bekor qilinib, musobaqalar o‘z vaqtida o‘tadigan bo‘ldi.

Olimpiadaning uchinchi kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi 1 oltin medal bilan 23-o‘rinda joylashgan. Bundan tashqari, besh nafar bokschi ilk janglarida g‘alabaga erishib, medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Foto: Telegram / uzsport_tv
Foto: Telegram / uzsport_tv
Foto: Telegram / uzsport_tv
Foto: Telegram / uzsport_tv
Foto: Telegram / uzsport_tv

Mavzuga oid