Turnirga örta vazn toifasi favoritlaridan biri sifatida taşrif buyurgan britaniyalik boksçi buni amalda ham isbotladi. Birinçi raundda u öz harakatlari bilan Boturovni qiyin ahvolga solib qöydi, hakamlarning uç nafari raundni uning foydasiga yozişdi, özbekistonlik boksçi esa özining tezkorligi evaziga ikki hakamning oçkolariga ega böldi.
Ikkinçi raundda esa barça hakamlar bir ovozdan özining texnik harakatlari bilan katta taassurot qoldirgan Makkormakning ğalabasini qayd etişdi. Boturov vaziyatni özgartirişi uçun uçinçi raundda raqibni nokautga uçratişi talab etilardi, u aynan şu maqsadda harakat qildi va raqibning boşiga qator zarbalar berdi va unga jarohat ham yetkazdi. Ammo Makkormak ğalabani saqlab qolib yarimfinalga yöl oldi, Boturov esa Olimpiadani medalsiz tark etadigan böldi.


Şu tariqa, Özbekiston erkaklar boks jamoasining 8 a'zosidan 5 nafari iştirokini erta yakunladi. Endi Bahodir Jalolov, Şahobiddin Zoirov va Elnur Abduraimov Özbekistonga medal olib keliş uçun harakat qilişadi.

















