Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ona tili va adabiyot hamda tarix bo‘yicha sertifikati bor o‘qituvchilarga 50 foiz ustama to‘lanishi mumkin
Milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama to‘lash amaliyoti joriy etiladi.
Foto: O‘zA
O‘zbekistonda ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish bo‘yicha sertifikatlarga ega o‘qituvchilar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.
Bu - «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘zi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» prezident qarorida nazarda tutilgan.
Davlat rahbari qaroriga ko‘ra, 2023 yil noyabr oyiga qadar milliy baholash tizimida bunday rag‘batlantirishni joriy etish borasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama to‘lash amaliyoti joriy etiladi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.01.2026
Xorijiy til o‘qituvchilariga sertifikat olish uchun qo‘shimcha vaqt berilmoqda
14:24 / 08.01.2026
Noqulay iqlim sharoiti uchun ustama: qaysi hududlarda va qancha?
14:06 / 02.01.2026
Mahalliy tovar sertifikati xarajatlari kompensatsiya qilinadi
15:47 / 27.12.2025