Maktabgaça va maktab ta’limi sohasida boşqaruv samaradorligini oşirişga qaratilgan hujjatda 2026 yil 1 yanvardan direktor jamğarmasi hisobidan KPI'ga qarab direktorga — 20 foizgaça, direktor örinbosarlariga — 10 foizgaça miqdorida oylik ustamalar belgilanişi nazarda tutilgan. 

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 21 oktyabrdagi 662-son qaroriga köra, baholaş metodika va tartib — Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, körsatkiçlar — maktabning bçki guruhi tomonidan baholanadi, ustama miqdori — maktab töplagan umumiy ballga qarab belgilanadi. 

Ballar diapazoniga köra ustamalar direktorlar uçun 61–70 ball — 3 foiz, 71–80 ball — 10 foiz, 81–90 ball — 15 foiz, 91–100 ball — 20 foiz. Direktor örinbosarlari uçun 61–70 ball — 2,5 foiz, 71–80 ball — 5 foiz, 81–90 ball — 7,5 foiz, 91–100 ball — 10 foiz.

Ustama jamğarmadagi mavjud mablağlar doirasida tölanadi. Ustama belgilanişi uçun direktor/örinbosar mazkur maktabda kamida 9 oy asosiy lavozimda işlagan bölişi kerak. 

Şuningdek, hududlardagi direktorlar kengaşida faoliyat yuritayotgan ayrim tajribali direktorlarga ham jamğarma hisobidan 20 foiz oylik ustama tölanişi qayd etilgan.