Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bugun ham changli g‘ubor kuzatiladi - «O‘zgidromet»
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quruq va salqin ob-havo kutilmoqda. Ba'zi joylarda changli g‘ubor kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati pasayadi va 3-8 daraja iliqni tashkil etadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Changli g‘ubor kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.
Avvalroq, “O‘zgidromet” Atmosferadagi chang miqdori me'yoridan 5 barobarga oshganini ma'lum qilgandi.