«Biz ham kursdoşlarimiz kabi rağbatni istaymiz». Özbek OTMlarida tahsil olayotgan xorij talabalari nimadan norozi?
|01:00 / 15.01.201941 3119 min
Foto: SputnikFoto: Sputnik
Özbekistonda tahsil olayotgan xorijiy talabalar juda kam: 2017 yil holatiga köra, atigi 709 nafarni taşkil etgan. Hozirda körsatkiç uzoği 1000 nafarga yetgan bölsa kerak. Qöşni mamlakat – Qozoğiston oliy ta'lim dargohlarida çet elliklarning salmoği qariyb 14 mingni (15.02.2018 ga köra) taşkil etadi. 2020 yilga borib, uşbu körsatkiç, 50 ming nafar xorijiy talabani qamrab olgan holda, yana yuqorilaşi kutilmoqda. Buning ustiga, qöşni respublikada oliy ta'lim sifati nisbatan yuqori. Demak, har bir universitet obrösini, jumladan unda tahsil olayotgan xalqaro talabalarning soni ham omil sifatida belgilab beradi.
Xöş, Özbekiston oliy ta'lim tizimida nega bu körsatkiç bunçalik past? Qidirsak, sabablar son mingta. Töğri, sönggi 2 yil içida dunyo reytingiga kirişga harakatlar sezilyapti. Qabul kvotalari erkinlaştirilişi, qöşma fakultetlar, iqtisodiy mustaqillik va boşqalar misol böla oladi. Lekin baribir ham bu tizimda davlatning yillar davomida yakka monopol bölib kelgani, natijada islohotlarni erkin tarzda amalga oşirişga tösqinlik qilinayotgani, ayniqsa, OTM rektorlariga juda ham bilinsa kerak, çunki «mustaqil» qaror qabul qilayotganda, albatta, vazirlik bilan maslahatlaşiladi.
Kun.uz'ga murojaat qilgan xorijlik talabaning aytişiça, u xorij fuqarosi bölgani uçun kontrakt tölovini mahalliy talabalar uçun belgilangan miqdordan deyarli 3 baravar köp tölaydi. Şuningdek, u barça mahalliy talabalar singari stipendiya olmaydi. Masalani çuqurroq tahlil qiliş uçun soha vakillariga yuzlanib, ikkita muhim savol bilan murojaat qildik: xorij talabalari kontrakt summasini nima sababdan oşirilgan summada tölaşadi va nima uçun stipendiya berilmaydi?
Moliya vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, vazirlik Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi belgilab bergan summani faqatgina hisoblab berarkan (masalan, nima uçun aynan 3 baravar qimmatroq, degan savol ularni qiziqtirmaydi yoki ularda bunday ma'lumot yöq).
Mavzuga oid
Moliya vazirligi 2008 yilning 4 avgustidagi Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy fuqarolarni Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş va öqitiş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi qaroriga asosan iş köradi. Unda tölov miqdorini real xarajatlardan kelib çiqib, 2 ming AQŞ dollaridan 4 ming AQŞ dollarigaça belgilaş nazarda tutilgan.
Lekin real xarajatlar qaysi mezon bilan aniqlanadi, degan savolga qarorda yakdil javob yöq.
Stipendiya belgilaş böyiça savolga keladigan bölsak, Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 17 avgustdagi «Oliy öquv yurtlari talabalariga stipendiyalar tölaş tartibi va miqdori töğrisida»gi qarorida tölov-kontrakt va davlat grantlari asosida kunduzgi ta'lim şaklida öqiyotgan talabalar (xorijiy mamlakat talabalaridan taşqari) stipendiya bilan ta'minlanişi aytilgan.
Oliy ta'lim sifatini oşiriş, töğri boşqaruvni yölga qöyiş, köp hollarda, rektorlarga boğliq. Şu maqsadda Özbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektori Ğanişer Rahimov mulohazalarini ham keltirib ötamiz:
«Xorij talabalari uçun kontrakt tölovi miqdori Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan belgilangan. Bu summa xalqaro şartnomalarga muvofiq, 2000 – 4000 AQŞ dollari deb tasdiqlangan.
E'tibor bersangiz, heç qaysi davlatda xorij fuqarosiga oliy ta'lim muassasasida stipendiya berilmaydi, balki öqişda yaxşi natija körsatgan iqtidorli talabalarga grant ajratib beriladi. Şu orqali universitetlar xorijliklarni öziga jalb etadi. Özbekiston OTMlarida xorijliklar uçun kontrakt-töloviga keladigan bölsak, bunda ularga yengilliklar berilgan. Xorij fuqarosini 2 xil: xorijda doimiy yaşaş pasportiga ega bölgan va respublikada doimiy yaşaş uçun guvohnomasi bölgan xorij fuqarosi toifasiga ajratiladi. Bunda ikkinçi toifadagi xorij fuqarosining kontrakt tölovi mahalliy summaga biroz yaqinroq böladi. Xorijda doimiy yaşaydigan, Özbekistonga faqat öqiş uçun kelganlar uçun esa yuqoridagi narx (yönalişga qarab) belgilanadi.
Stipendiya haqida töxtaladigan bölsam, bu talabalarning ijtimoiy himoyasi hisoblanadi va ayni paytda bu tizim köp muammolarni ham keltirib çiqaryapti. Jumladan, talaba va öqituvçi munosabati keskinlaşuviga, öqiş sifatining tuşişiga, yoşlarda boqimandalik kayfiyati kuçayişiga olib keldi. Taklifim şundan iboratki, xorijdagi oliy ta'lim muassasalari kabi stipendiyalar faqat iqtidorli talabalar uçun ajratilsin. Şunda talabalar örtasida raqobat kuçayadi, ta'lim sifati birmunça oşadi va stipendiyaga nisbatan ijtimoiy himoya emas, balki rağbat degan qaraş yuzaga keladi».
Xorijlik talabalar qanday fikrda?
Toşkent Davlat stomatologiya instituti talabasi, Tojikiston fuqarosi şunday deydi:
«Köp yillardan buyon Özbekistonda yaşayman. Şu yerda ulğaydim va ta'lim olmoqdaman. Universitetda tölov-şartnoma asosida tahsil olaman. Har yili 3 baravar oşirilgan summadagi şartnoma puli tölayman. Bunisiga roziman, lekin biz kabi çet el fuqarolariga stipendiya berilmasligi juda qiziq holat. Biz ham kursdoşlarimiz (Özbekiston fuqarolari) kabi teng huquqli talabamiz va bir xil şaklda ta'lim olamiz. Stipendiya biz uçun nafaqat ijtimoiy yordam, balki rağbat ham-ku? Bizda sal bölsa-da umid paydo bölarmidi?
Ota-onam Rossiyada işlaydi. Ulardan kundalik xarajatlar uçun hadeb pul sörayveriş noqulay. Işlay desam, öqişdan ortolmayman (tibbiyot sohasida mas'uliyatli böliş şart). Stipendiya masalasi qayta körib çiqilsa, çet ellik talabalar soni ham ortadi. Bu esa davlat budjetiga katta foyda keltirişi heç kimga sir emas».
Toşkent Tibbiyot institutiga xorijiy fuqarolik pasporti bilan, tölov-şartnoma asosida öqişga qabul qilingan boşqa talaba ham öz fikrlari bilan örtoqlaşdi:
«Tölov-şartnoma qimmatroq. Stipendiya esa umuman berilmaydi. Bu masalada dekanatga murojaat qilganimda, heç qanday asosli javob berişmagan. Hozirda yiliga 20 mln. söm kontrakt tölayman. Ota-onam ham qiynalişmoqda. Men kabi xorijlik talabalar uçun nega bunday tizim qöllanilmoqda?».
Guliston Davlat universiteti xorijiy talabasi esa hozirgi vaziyatni Qozoğiston bilan soliştirgan.
«Men qozoğistonlikman. Kursdoşlarimga öxşab stipendiya olib öqişni istayman. Bu yerda kontrakt asosida öqiyman, çunki biz uçun davlat granti ajratilmagan. Öz yurtimda xorij talabalariga turli grantlar ajratilgan. Ularni universitetlarga jalb qiliş uçun har xil dasturlar işlab çiqilgan. Turli davlat fuqarolari bölsak-da, biz, yoşlar, teng huquqlimiz. Şuni unutmaslik lozim. Har oyda kursdoşlarim stipendiya olganida, özimni ulardan ajralib qolganday his qilaman. Bu, qaysidir ma'noda, diskriminatsiyani ham vujudga keltiradi, deb öylayman».
Oliy ta'lim vazirligi tomonidan tayyorlanib, loyiha sifatida keng jamoatçilik muhokamasiga taqdim etilgan «Oliy va örta maxsus ta'lim tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarorining 10-bandida 2018-2019 öquv yilidan boşlab oliy ta'lim muassasalari rektorlariga (filiallar direktorlari) Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda, xorijiy fuqarolarni tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymatini tegişli ta'lim yönalişi yoki mutaxassislik böyiça Özbekiston Respublikasi fuqarolari uçun belgilangan tölov miqdoridan kam bölmagan miqdorda, mustaqil belgilaş vakolati beriladi, deb aytilgan.
Bundan xulosa qiliş mumkinki, rektorlar xorij talabalari uçun tölov-şartnomani hozirgi narxidan oşirişi yoki pasaytirişi mumkin.
Uşbu bandda esa stipendiya joriy etiş masalasi körsatib ötilmagan. Demak, bu hali reallikda bölmaydi. 2018 yilning 17 dekabrida muhokamaga qöyilib, 2019 yil 1 yanvarda tugallanişi rejalaştirilgan qaror loyihasi tez orada qabul qilinişi kutilmoqda.
Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning Kun.uz muxbiriga bildirişiça, kelgusida Özbekiston Markaziy Osiyo ta'lim xabiga aylanişi lozim. Uşbu taşabbusning ijobiy jihatlari şundaki, kelajakda Özbekiston siyosatiga sadoqatli, mamlakat haqida yetarli ma'lumotga ega xorijdagi yoş kadrlar alma mater bilan aloqalarni rivojlantirişga intiladi. Eng kamida – mintaqada sifatli ta'lim şaroiti va raqobat muhitini yaratişga yordam beradi.
Öylaymizki, qaror loyihasi kutilganidek, xorijiy talabalarni ham xursand etuvçi bandlar bilan qabul qilinadi.