O‘zbekiston | 15:50 / 14.12.2019
9311
1 daqiqa o‘qiladi

19 dekabrdan Toshkent - Moskva yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi  

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Transport vazirligi joriy yilning 19 dekabridan e'tiboran “Toshkent – Moskva – Toshkent” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar “Uzautotrans Service” korxonasi tomonidan Yutong avtobuslarida bajariladi. Qatnovlar “Toshkent” avtovokzali va Moskvaning “Novoyasenevskaya” avtostansiyasidan amalga oshiriladi. 

Joriy yilning 19 dekabr kuni soat 12:00da ilk avtobus Rossiya poytaxti Moskva shahri tomon “Toshkent” avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 900 000 so‘m etib belgilangan. 

Bildirilishicha, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod va Qozon shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda. 

Mavzuga oid