Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya hukumati Sotsialistlar memorialida GDR sobiq rahbari dafn etilishini taqiqladi
Foto: AFP/Getty Images
Germaniya hukumati GDR sobiq rahbari Erix Xonekker va uning xotini Margotning jasad kulini Berlindagi Sotsialistlar memorialiga dafn etishga ruxsat bermadi. Bu haqda Deutsche Welle xabar qilmoqda.
Berlin Senatining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha boshqarmasi yer parlamentida XDS fraksiyasining parlamentlik so‘roviga javob berar ekan, er-xotin Xonekkerlarni memorialda dafn etish mumkin emasligini ma'lum qildi.
Idoradan ta'kidlashlaricha, Sotsialistlar memorialida dafn etish 1989 yildan buyon o‘tkazilmayapti. Hozirgi vaqtda obekt qadimiy yodgorlik sifatida himoya ostiga olingan.
Xonekkerlarning nabirasi Roberto Yanesning aytishicha, 1994 yilda vafot etgan bobosi va 2016 yilda hayotdan ko‘z yumgani Margot Xonekkerning jasadlari kuli solingan urna oilaning do‘stida saqlanmoqda va hozirgi paytga qadar ko‘milmagan.
Mavzuga oid
10:59
Mers Ukrainada tinchlikni saqlashda GFR qurolli kuchlari ishtirokini istisno qilmadi
10:24
Germaniya Bosh prokuraturasi Berlindagi IEMga qilingan hujumni tergov qilmoqda
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
14:51 / 05.01.2026