“Uch kishiga tushlik olib keling” – Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi
Inspektor haydovchi bilan suhbatda “50 kundan beri quyoshda turgani”ni aytib, ezilib ketganini ta’kidlagan. Bo‘lib o‘tgan “savdo”dan keyin haydovchi Nexia-3 mashinasida o‘tirgan odamga 70 ming so‘m berib ketgan. Hozirda holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi suhbat aks etgan videolavha tarqaldi. Unda YPX xodimi haydovchidan uch kishiga tushlik olib kelishni so‘ragan.
YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi suhbat shunday kechgan:
— Yozmaymi sizga?
— Nimani yozasiz, komandir?
— Ayting-da, yozaymi-yozmaymi?
— A yo‘q.
— Mana shu yerda 50 kundan beri turibman quyoshda, bitta suv ham olib kelmaysiz-ye.
— Suv sizdan aylansin.
— Qorning ochmi, nima qilyapsan demaysiz...
— Suvi qaynab ketdi-da mashinaning, aka.
— Nima qilay, nima qilish kerak, ayting?
— Hech narsa, aka, hammasi yaxshi.
— Hammasi yaxshimi? Xafagarchilik bo‘lmaydimi?
Shundan so‘ng “GAI” xodimi uch kishiga tushlik olib kelishni aytgan. Haydovchi esa bu “taklif” u uchun qiyin ekanini bildirgan. Inspektor esa bunga javoban 100 ming so‘m so‘ragan.
Holatni videoga olib borgan haydovchi suhbatdan biroz o‘tib, YPX xodimidan uzoqlashadi va xodim undan 70 ming so‘m so‘raganini aytadi. Pulni esa oq rangli Nexia-3 mashinasida o‘tirgan odamga beradi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayevning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, hozirda videolavhaga aniqlik kiritish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan. Holatga huquqiy baho berilib, natijasi bo‘yicha jamoatchilikka ma’lum qilinadi.
Mavzuga oid
10:06 / 24.11.2024
Halollik mukofoti: yo‘ldan topilgan 5 ming dollarni egasiga qaytargan haydovchi haqida hikoya
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
17:02 / 12.11.2024
Piskentda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida qariyb 16 ming tup olxo‘ri daraxti yonib ketdi
14:15 / 12.11.2024