Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin ruxsatnomasi bo‘lmagan mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish taqiqlanadi
Foto: Illyustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.
Nizomlarga ko‘ra, respublikaga karantin nazoratidagi maxsulotlarni olib kirishga O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan karantin ruxsatnomasi hamda eksport qiluvchi mamlakatning vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi bo‘lgandagina ruxsat beriladi.
Vakolatli davlat organlari mavjud bo‘lmagan eksport qiluvchi mamlakatdan o‘simliklar karantin nazoratidagi mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirishga Inspektsiya tomonidan har bir partiyaga alohida holda beriladigan karantin ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Karantin ruxsatnomasini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslar Inspektsiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
karantin ruxsatnomasini berish to‘g‘risida ariza;
karantin ruxsatnomasini berish to‘g‘rsidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im (eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida) to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjati.
Ariza beruvchidan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ruxsatnoma berish yoki uni rad etish huqidagi qaror ariza berilgan kundan boshlab yetti ish kuni davomida qabul qilinishi kerak.
Mavzuga oid
17:10 / 27.04.2026
Aholi murojaatlari asosida «Top-100 huquqiy tavsiya» to‘plami shakllantiriladi
10:55 / 18.04.2026
O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi
10:50 / 16.03.2026
Infratuzilma dasturidagi taqsimlanmagan mablag‘lar endi yangi tartibda ajratiladi
09:06 / 12.03.2026