Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Kichik halqa yo‘li ustidan yangi yo‘l o‘tkazgich quriladi
Toshkent shahrida Pahlavon Mahmud ko‘chasini Elbek ko‘chasi bilan tutashtiruvchi, ZO‘R TV telekanali binosi yaqinida joylashadigan yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishi rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 25,4 million dollarni tashkil etib, u Xitoy bankining davlat kafolatisiz krediti hisobidan moliyalashtiriladi.
Toshkent shahar hokimligiga ko‘ra, yangi yo‘l o‘tkazgich Kichik halqa yo‘li ustidan o‘tadi va ushbu hududda avtomashinalar harakatini yanada yengillashtirish, tirbandliklarni kamaytirish hamda yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida yo‘l infratuzilmasi zamonaviy talablar asosida qurilishi, piyodalar harakati uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi, shuningdek, yongirdan himoya va yoritish tizimlari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Qurilish ishlarini China Construction Fifth Engineering Division Corp., Ltd. kompaniyasi amalga oshiradi. Loyihani to‘liq yakunlash 2026 yil dekabr oyiga mo‘ljallangan.
Mazkur yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirilgandan so‘ng Pahlavon Mahmud va Elbek ko‘chalari orqali harakat yanada tezlashadi, Kichik halqa yo‘lida transport oqimi samarali tarzda taqsimlanadi.
Mavzuga oid
10:13 / 28.03.2026
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
11:32 / 02.12.2025
2 dekabrdan yangilangan Kichik halqa avtomobil yo‘li foydalanishga topshiriladi
13:37 / 28.11.2025
Uchtepada Kichik halqa yo‘lining bir qismida harakat vaqtincha cheklanadi
13:11 / 21.11.2025