Ma’lumotlarga köra, loyihaning eng muhim qismi sifatida 15,7 km masofadagi ikki tomonlama Kiçik halqa avtomobil yöli töliq ta’mirdan çiqarildi.

Asosiy işlar doirasida:

  • yölga yuqori sifatli va mustahkam PŞMA asfalt qatlami yotqizildi — 15,7 km;
  • 18 750 metr masofada drenaj tizimi töliq yangilandi;
  • yöl böylab 39 045 metr yangi bordyurlar örnatildi.

Hozirda Uçtepa tumanidagi bir tomonlama yölning 2,5 km (umumiy 5 km) qismida ta’mirlaş işlari davom etmoqda. Yangilangan asosiy uçastka esa 2 dekabrdan foydalanişga topşiriladi.