Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyati hokimi Malayziyaga boradi
Foto: Facebook/Ermanov Farxod
2019 yilning 23-26-yanvar kunlari Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov boshchiligidagi ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya Malayziyada bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, bo‘lajak tashrif doirasida vazirliklar, idoralar, yirik sanoat korxonalari, importyorlar, turistik kompaniyalar va oliy ta'lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Malayziya tashqi savdo taraqqiyoti korporatsiyasi, Malayziya ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi bilan hamkorlikda biznes forumi va «B2B» shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
«Kelishuvlar natijalariga ko‘ra istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilish va Malayziyaning yetakchi universitetlari filiallarini Xorazm viloyatida ochish bo‘yicha hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan», – deyiladi TIV axborot (https://mfa.uz/uz/press/news/2019/01/17452/)ida.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.
Mavzuga oid
12:03 / 26.12.2022
Farhod Ermanovning senatorlik vakolati muddatidan oldin tugatildi
12:20 / 17.12.2022
Farhod Ermanov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi lavozimini egalladi
12:50 / 16.02.2022
«Har bir xonadonda 5 tup mevali va 5 tup manzarali daraxt ekiladi» - Farhod Ermanov aholiga murojaat qildi
18:11 / 20.01.2022