Bugun, 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. 

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga binoan Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

Farhod Örozboyeviç Ermanov 1958 yilda tuğilgan. Ilgari Qoraqalpoğiston Respublikasi qişloq va suv xöjaligi vaziri, Beruniy tumani hokimi lavozimlarida işlagan. Keyingi yetti oyda u Xorazm viloyati hokimi vazifalarini bajarişda sinovdan ötgan. Xalq deputatlari kengaşining partiyalar guruhlari bilan ötkazilgan maslahatlaşuvlarda ham Farhod Ermanov nomzodi qöllab-quvvatlangan.

Avvalroq Xorazm viloyati hokimining birinçi örinbosari, viloyat prokurori, içki işlar va soliq boşqarmalari boşliqlari vazifalariga ham yangi rahbarlar tayinlangan edi.

«Prezidentimiz viloyat rahbarlari Xorazm xalqi bilan bir tanu bir jon bölib, bugun belgilab berilgan vazifalarni töla bajarişi, iqtisodiyotni rivojlantiriş va odamlar hayotini yaxşilaş böyiça kutilgan natijalarga erişişi zarurligini ta'kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, şu yilning aprelida 2017 yilning oktabridan Xorazm viloyatini boşqargan Ilgizar Sobirov lavozimdan olingan va uning örniga Beruniy tumaniga hokimlik qilib turgan Farhod Ermanov vaqtinça rahbar sifatida tayinlangandi.