Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident nikoh shartnomasi tuzish afzalliklarini targ‘ib qilish kerakligi haqida gapirdi
Shavkat Mirziyoyev ajrimlarda farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzish afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi aytdi. Shuningdek, prezident oila qurish bu – nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligini ta’kidladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targ‘ib qilish lozim. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabrdagi yig‘ilishda ta’kidladi.
Yig‘ilishda mahallalardagi ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha yechim topilishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, yil boshidan 32 mingga yaqin oila ajrashib ketgani, 16 ming ota-ona aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgani, oilasi va bolalarini kredit qarzlari bilan tashlab ketish holatlari uchrayotgani, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari barchani – hokimlar, «mahalla yettiligi», nuroniylar, butun jamoatchilikni qattiq tashvishga solishi kerakligi qayd etildi.
Oila qurish bu – nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
13:18 / 18.12.2025
1 yanvardan “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi
15:37 / 05.12.2025
Mahallalar holati «Hokimiyat monitori» orqali real vaqtda nazorat qilinadi
13:18 / 05.12.2025
O‘zbekistonda 300 ta mahallada quyosh stansiyalari o‘rnatiladi
00:21 / 30.11.2025