Jamiyat | 19:58 / 10.05.2018
23530
9 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Inside: Pitstsa festivali ortida kim va nima uchun Toshkent shahrimizga bunday tadbir kerak?

Yaqinlashib kelayotgan festival haqida batafsil ma'lumot :

PizzaFest! O‘zbekistondagi pitssa sanoati sohasining eng faol va ishbilarmonlarini birlashtirgan birinchi keng miqyosli tadbirdir. Festival 12 May kuni ertalab soat 10.00 dan kechqurun 22.00 gacha, «Anhor Lokomotiv» bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Festival tashkilotchisi “Chopar” kompaniyasi.

Foto: PizzaFest! 

Biz festivalning loyiha menejyeri Shirin Axundjanova bilan suhbatlashdik va bunday tadbirni ichki bozorga qanday ta'sir qilishini bilib oldik.

Nima uchun bu festivalga muhtojmiz?

Festival maqsadi - pitssa va pitssa ishlab chiqaruvchilarning madaniyati kengaytirish va sanoatni rivojlantirish uchun birlashtirish. Shubhasiz, O‘zbekistonda pitssa juda mashhur emas va keng tarqalmagan. Ko‘pgina odamlar orasida bu mahsulot qimmat va “xorijiy” degan fikr bor. Aslida, pitssa - bu bir kishi uchun emas, butun bir jamoa to‘yishi mumkin  arzon mahsulot. Biz bir joyda shahrimizning turli pitssachilarini to‘plashni istaymiz, maqsadimiz sanoatni birgalikda rivojlantirish va rag‘batlantirish.

Nima uchun biz birlashamiz?

Restoran biznesida har bir korxona, boshqa korxonani raqobatchi sifatida ko‘radi. Biz ushbu biznesni birgalikda rivojlantirish uchun ushbu sanoatning, barcha ishbilarmonlarini birlashtirishni istaymiz. Ayniqsa, Dodo pizza, Pope Jones kabi mashhur brendlar O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda bu kabi tadbirlar juda muhimdir. Mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarni yuksak darajada baholaymiz va xorijiy kompaniyalarni bozorimizga kirib kelishi, kichik kompaniyalar uchun haqiqiy tahdid ekanini ham tushunamiz. Shuni alohida ta'kidlash joizki bugungi kunda, pitssa ichki bozorimizning bor yo‘g‘i 5 foizini tashkil etadi, xolos, shu bois barchamizda o‘sish uchun juda katta imkoniyatlarimiz bor.

Foto: PizzaFest! 

“Chopar” - pitssa sanoati vakillari festival tashkilotchiligiga qaramay, qolgan ishtirokchilarga hukmronlik qilmaymiz va «ustunlikni tortib olmaymiz». Hamkorlikda festival tashkil etish tashabbusimizni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining shahar kengashi  qo‘llab-quvvatlaganini va davlatimiz  tomonidan mazkur tadbirni tashkil etishga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganini alohida ta'kidlash lozim.

Festival tafsilotlari - kimga, qachon, nima uchun?

Festival yarmarka formatida bo‘lib o‘tadi va bog‘ning barcha hududlari qamrab olinadi. Hududlar esa maxsus zonalarga bo‘linadi:

  • Fudkort.

Festival ishtirokchilari, festivalning maxsus narxida pitssa tayyorlaydilar va sotadilar. Asosiy narxidan 20% chegirma.

  • Oshpazlik
  • Shou-dastur.

Mahorat darslari zonasi. Dastur festival o‘tish vaqtini to‘la qamrab olgan holda, turli mavzularda bo‘lib o‘tadi. Har bir master-klass bir soat davom etadi. Yetakchi kompaniyalar orasida mahalliy hamda xorijiy pitssa sanoati vakillari ham bo‘ladi.

  • Bolalar maydoni.

Bu zona bog‘ning amfiteatrida joylashgan bo‘lib, kun davomida bolajonlarimiz uchun bir biridan qiziqarli, turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

  • Xayriya yarmarkasi.

Bu zona imkoniyati cheklangan bolalar tomonidan yasalgan mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda savdosi uchun mo‘ljallangan. Shuningdek bog‘ning barcha hududlariga mahsus xayriya qutilari ham joylashtiriladi. Bundan tashqari, maxsus taklif etilgan ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqariladigan pitssalar xayriya auksion sifatida sotiladi. Barcha tushumlar saraton kasaliga chalingan bemorlarni davolanish uchun ajratiladi.

Kun davomida sayilgohning katta sahnasida o‘zbek estradasi yulduzlari va ko‘plab raqs guruhlari festival mehmonlariga xushkayfiyat ulashishga harakat qiladilar.

Biznes uchun festival

Tadbirning mutaxassis ishtirokchilari uchun, “Zamonaviy pitssa sanoati, marketing va texnologiyalari”, amaliyot konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, ushbu konferensiyada hamkorlar va homiylar ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Anjuman B2B formatida o‘tkaziladi.

Konferentsiya amaliy va nazariy qismlarga bo‘linadi. – Xorijiy spikerlar qatorida, mahalliy mutaxassislarning ham ma'ruzalari tinglanadi. Tadbirning bu qismida «Biznes Rossiya», “Mukomol”, Fud Logistiks kabi va boshqa kompaniyalarning mintaqaviy va mahalliy vakillari faol ishtirok etishadi.

Foto: PizzaFest! 

Konferentsiyaning amaliy qismida xorijiy hamkorlar pitssa uchun retseptlar va xomashyolarni namoyish qiladilar. Tadbirning maxsus mehmoni - uch karra Rossiya pitssa-akrobatikasi bo‘yicha chempioni Aleksandr Bogdanov.

Tayyorgarlik qanday amalga oshirilgan?

Tayyorgarlik jarayoni uzoq davom etdi - biz festival darajasiga yuqori standartni o‘rnatdik. Tashkiliy jarayonlardagi qiyinchiliklar kichik emas edi. Birinchi qiyinchilik, ishtirokchilarni ishontirish edi - yuqorida aytib o‘tilganidek, barchaga murojaat qilish oson bo‘lmadi. Sababi pitssa restoranlari bizni raqobatchi, deb bilib, taklifimizni va shunga mos ravishda festivalni tashkil etilishning haqiqiy niyatlarini to‘g‘ri baholay olmadilar.

Qiyinchiliklardan biri inson resurslari edi. Tashkilotchilar guruhining 6-7 kishisi “Chopar” kompaniyasi  xodimlari edi va bu festival tashkil qilish uchun oz degani va har bir xodim bir necha kishining ishini bajarishiga to‘g‘ri keldi. Biz tadbirlarni boshqarish bilan shug‘ullanmaymiz va bunday tadbirni tashkil etishga butunlay tayyor emas edik, chunki har bir ishtirokchining tashlab qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan dolzarb ishlari ham mavjud. Lekin bizda yuksak maqsad bor edi va biz uni amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qildik.

Shunga qaramay, biz tashqaridan odamlarni jalb qila boshlaganimizda, boshqalarning festival miqyosini tushuna olmagani hamda uni o‘tkazishdagi turli hadiklariga ham duch keldik. Bu borada ta'kidlash joizki, bir necha xatolarga yo‘l qo‘ygan edik va bunday kishilar bilan «xayrlashib», festival mohiyatini tushunib yetgan va unga qiziqish bildirgan odamlarni jalb qilishni o‘rgandik. Natijada biz yuqorida sanab o‘tilgan festival zonalari koordinatorlari sifatida biznesimizning haqiqiy professionallarini jalb qildik.

Foto: PizzaFest! 

Afsuski, o‘tgan yili Osh festivalning bayrami bilan bog‘liq bo‘lgan tajriba, festivalimizning ham o‘tkazilishiga ta'sir ko‘rsatdi. Odamlar noxush vaziyatlarning takrorlanishidan qo‘rqishadi va bu biz uchun ham to‘siq bo‘ldi.

Loyihaning bosh homiysi Sherin kompaniyasi. Bu bizning g‘oyamizga erishishga qo‘shilgan va festivalning asosiy homiylari sifatida taklifimizni qabul qilgan birinchi kompaniya.

«Odatdagidek emas»

Mamlakatimizda festival madaniyati hali yaxshi rivojlanmagan va sodir bo‘lgan voqealar bu tadbir turining imidjiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Biz allaqachon «odatiy» ssenariyni bartaraf qilish uchun har qanday salbiy voqeaning oldini olish uchun barcha mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni hisoblab chiqdik. Festivalni qiziqarli, qulay va xavfsiz qilish uchun barcha ishlarni amalga oshramiz.

Buning ustiga qancha daromad topamiz?

Agar savdo nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak - festival daromad topish uchun o‘tkazilmaydi. Aksincha, ishtirok uchun ajratilgan mablag‘ hatto tashkilot xarajatlarini qoplamaydi. Dastlabki, loyiha mamlakatning pitssa biznesining ijtimoiy “imidji” uchun tashkil etilgan.

Biz erishishni istagan barcha maqsadlar bu - tadbirni birinchi tashkilotchilariga aylanish, va uni har yili o‘tkazib, O‘zbekiston xalqiga quvonch ulashishdir. Qolaversa, pitssa sanoati tarixida havas qilsa arzirli o‘rnak qoldirishdir.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid