Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
100 marta rad etishgan bo‘lsa ham, o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslik sirlari
Rad etishlar “hafsalani pir qilishi” emas, ishtiyoq uyg‘otishi lozim. Investor va tadbirkor Jyeyms Altucher «O‘zingga ishon!» kitobida inkor etilgan vaziyatda o‘zini qanday tutish kerakligini bilmaydiganlarga 10 ta maslahat beradi.
Hammamizga qo‘pol tarzda yuz martalab rad javobini berishgan, deya o‘ylardim yonimdagi stollarda o‘tirganlarga qarab. Amazon’da kitoblarini mustaqil tarzda nashr etishga qaror qilgan yozuvchilar bilan ovqatlanayotgan edik. Ularning har biri o‘zini tanladi. Mendan tashqari hammasi badiiy adabiyot yozishar va kitoblarining yuz mingdan ortiq nusxasini sotishardi. Ro‘paramda yaqindagina o‘zining ilmiy-fantastik asarini ekranlashtirish huquqini sotgan yigit o‘tirardi. Uning yonida o‘tirgan ayol o‘smirlar uchun yangi roman ustida ishlardi. Yana bir yozuvchi o‘z trillerining yarim million nusxasini sotgan. Yonimda bolalar kitoblari orasida muvaffaqiyatga erishgan asar muallifi o‘tirardi.
Barini bir narsa birlashtirardi. Kitob yozish – ularga xos iste'dod ekanini bilishardi. Shunga qaramay, rad javobini olishgan. Ba'zilari hatto yuz martalab “yo‘q” javobini eshitishgan. Biroq endilikda yozuvchilik mehnati orqali pul ishlab topishyapti. Hammalari tabassum qilishardi.
Agar ular o‘ttiz to‘qqizinchi rad javobidan keyin chekinishganida hozir yuzlarida tabassum bilan o‘tirisharmidi?
Har kuni hayotning turli sohalarida rad javobini eshitishimizga to‘g‘ri keladi. Bu hayotimizdagi eng qudratli kuch bo‘lsa kerak, mening nazarimda. Rad javobini olganingiz, bunga nisbatan sizning reaksiyangiz butun hayotingizga ta'sir ko‘rsatgan holatlarni yodga oling.
Ba'zida chekinish kerak bo‘lgan holatlar bo‘ladi. Ba'zi vaqtlarda esa hech nimani o‘zgartirmasdan o‘z fikringizda mustahkam turishingiz talab etiladi.
Rad javobini qanday qilib o‘z foydamizga aylantirish mumkin?
1.Rivojlaning
Mana shu ish, grantga ega bo‘lmoqchi edingiz. Ushbu shou, kitobni amalga oshirmoqchi, kompaniyangiz, mahsulotingizni sotmoqchi bo‘ldingiz. Sizga “yo‘q” deyishdi. Mahsulotingizni diqqat bilan kuzating. Taklif qilayotgan narsangizni yaxshiroq darajaga olib chiqa olasizmi? Balki ha, balki yo‘q. Biroq dastlab o‘ylab ko‘ring. Dunyoga taklif etayotgan narsangizni yaxshilashning o‘nta usulini toping.
Bir vaqtlar men kompaniyani sotishga harakat qildim. Uning kam miqdordagi mijozlari va daromadi bor edi. Men xizmatlarimizning o‘ziga xos jihatlarini aniq tasavvur qilolmasdim. Rivojlanish mumkin bo‘lgan o‘nga yaqin yo‘nalishlar topildi; asta-sekin men ularning barini qamrab oldim va kelasi yili kompaniyani muvaffaqiyatli ravishda sotdim.
2. Taqdiringizni hal qiladiganlar doirasini kengaytiring
Yaqin vaqtlargacha faoliyatini boshlayotgan yozuvchida bor-yo‘g‘i bir yo‘l mavjud edi – kitobini besh-o‘nta yirik nashriyotlarga taklif qilish. Har yili deyarli yigirma ming kishi ularga o‘z romanlarini yuborardi va ko‘pchiligi rad javobini olardi. Sizga kim rad javobini berdi? Qo‘lyozmangizni varaqlab ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan amaliyotchilar va yosh muharrirlar, kechagi talabalar.
Bugun esa istalgan kishi mustaqil tarzda o‘z kitobini Amazon yordamida nashr ettirishi mumkin. Shunday qilib, siz o‘zingizni o‘zingiz tanlaysiz, yana bir muhim jihati taqdiringizni o‘quvchilar hal qiladi. Ko‘p millionli o‘quvchilar borligi qaysi yo‘nalishda rivojlanish, ijodiy jarayonni qanday qilib nazorat qilish, va nihoyat o‘z hayotingiz ustidan hukmronlik qilish borasida sizga qaror qabul qilishda yordam beradi.
3. Tushuning, bu o‘zingizni tanlash davri
Amazon’ga tashrifim davomida ko‘rganlarimdan hayratga tushdim: inqilob yuz bermoqda. Gap qandaydir qurilma haqida emas. Gutenberg davridan beri ilk marta o‘z g‘oyalaringizni bir vaqtning o‘zida ko‘plab odamlarga yetkazishning yangi usuli paydo bo‘ldi. Siz istalgan sohada o‘zingizni tanlab, unda muvaffaqiyat qozonish, rivojlanish, muloqot qilish, sizni tinglashi lozim bo‘lgan har bir odamga murojaat qilishingiz mumkin. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Bundan tashqari, aynan “rad etilish” sizni u tomonga yo‘naltirishi mumkin.
Bu faqat kitoblargagina tegishli emas. Bu hamma sohada ish beradi. O‘z mahsulotingiz auditoriyasini kengaytira olasizmi? Tanishuvlar saytlari paydo bo‘lganida shaxsiy hayotingizga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan odamlar ko‘paydi. YouTube paydo bo‘lgach, sizga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta'b huquqshunoslari soni ortdi.
Shaxsan qanday munosabatda bo‘lishimga qaramay, Jastin Biber o‘z kliplarini (milliard marta tomosha qilingan) YouTube’joylab, odatdagi yo‘ldan borishga qaraganda ko‘proq muvaffaqiyatga erishdi. Barakalla – yigit o‘z-o‘zini tanlab, niyatiga yetdi.
4. Yondashuvni o‘zgartiring
Barda hech kim bilan tanisha olmayapsizmi? Imkoniyatlar sizning foydangizga hal bo‘ladigan boshqa joylarga boring. Hech kim sizning ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish haqida yozilgan xatlaringizga javob bermayaptimi? U holda biror real narsa taklif eting: odamlarga nimanidir bepul bering, ular shu orqali g‘oyangizning qadrini darhol ko‘rishadi. Mijozlarga qo‘ng‘iroq qilyapsiz, biroq ular trubkani joyiga qo‘yishyaptimi? Ishni boshqa yo‘l bilan tashkillashtirishga harakat qiling.
5. Chekinmang - o‘zgaring
Men nashriyotga o‘z romanini o‘ttiz to‘qqizinchi marta taklif etishda chekinadiganlardan edim. Ba'zida imkoniyatlar sizning foydangizga emasligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Balki, qirqinchi marta omadim chopishi mumkin edi. Bilmadim. Biroq, chekinganimdan hursandman, buning o‘rniga o‘zgardim. Birgina adabiyotga diqqatni qaratish o‘rniga ijodiy jihatdan o‘z-o‘zimni namoyish etish uchun televideniye va o‘sha vaqtda paydo bo‘lgan “umumjahon to‘ri”dan foydalandim.
6. Odamlarga yaqinroq bo‘ling
Ijtimoiy mediani “guruh”ga qaraganda “individual” deb atash mumkin: faoliyatingiz natijalarini qandaydir katta guruh tarqatmaydi. Aksincha Facebook, Twitter, LinkedIn, Quora, Pinterest’da, bloglarda, Amazon, SlideShare, Scribd, reddit va boshqalarda o‘zingizga o‘zingiz imidj yaratasiz. Bu kanallarning bari mahsulotingizni istiqbolli mijozlarga yanada yaqinroq qiladi. Har bir obunachi, muxlis, mushtariy va boshqalar sizni ko‘pchilikka yaqinlashtiradi. Siz o‘zingizni tanlaysiz va dunyo bilan hamkorlik qilishning shaxsiy kanaliga ega bo‘lasiz.
7. Maslahatlashing
Rad javobini berishdimi? Voy, bechora! Yig‘lab oldingiz, endi esa o‘zingizdan buning sababini so‘rang. Istaysizmi, yo‘qmi butun umringiz davomida sizga rad javobini berishadi. Buning sababini bilish foydali. Ba'zida esingizda qoladigan to‘g‘ri javobni olasiz.
8. Omadsizlik bilan o‘ynang
Sizni rad etishdimi? Siz bunga qanday munosabat bildirdingiz? Yig‘lab yubordingizmi? Chekindingizmi? “Nima uchun DOIM muvaffaqiyatsizlikka uchrayman?” deb o‘yladingizmi? “AHMOQLAR menga “yo‘q” deyishdimi?” degan fikrga keldingizmi? Muvaffaqiyatsizlikka qanday munosabat bildirishingizni aniqlab oling. Munosabatni qanday qilib yaxshi tomonga o‘zgartirish haqida o‘ylang.
Yaqinda borliqning 76 foizi “qorong‘u energiyadan” iborat ekani haqida o‘qidim. Boshqacha qilib aytganda bu nima ekani haqida tushunchaga ega emasmiz. Yana 20 foizi materiyaning biz umuman hech nima bilmaydigan qismi. Borliqning faqat 4 foizi biz tushunadigan materiyadan iborat.
Fizik olimlar shu sabab har tun uvvos solishadimi? Yo‘q, albatta. Bu ularga yanada ko‘proq yangi narsalarni o‘rganish imkoniyatini berdi. Ular oldida borliqni haqiqatan ham tushunishda yordam beradigan istiqbolli tushunchalar kengligi ochildi.
Har bir muvaffaqiyatsizlik ham imkoniyat emas. O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring. Omadsizlikka uchraganingizdagi holatlarga nazar soling. Ulardan qanchasi imkoniyatga aylandi? Bir necha yil avval milliarder menga investitsion fondga asos solish uchun 50 million dollar bermoqchi edi. Biroq umumiy do‘stimiz ishga aralashib, bu voqea sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi. O‘sha vaqtda juda jahlim chiqqandi.
Hozir esa undan minnatdorman. O‘sha vaqtdan beri menga xursandchilik keltirgan ishlar bilan shug‘ullandim, biroq agar fond bilan band bo‘lganimda buning uchun vaqtim ham, kuchim ham qolmasdi. Yoki mana shu kitobni yozmagan bo‘lardim.
9. Sodir bo‘layotganlarni munosib ravishda qabul qiling
Rad etishlari – NORMAL holat. Sizga ish beruvchilar, farzandlar, do‘stlar, qarindoshlar, hamkorlar, kompaniyalar, nashriyotlar, qisqasi – hamma “yo‘q” deydi.
Aslida bor kuchingiz bilan rad etishlarni chetlab o‘tish NORMAL BO‘LMAGAN holatdir. Inkor javobidan qo‘rqish ham butkul normal. Bundan tashqari, haqiqat bilan bog‘liqlikni yo‘qotganlargina rad javobidan qo‘rqmaydilar.
Biroq muvaffaqiyatlarni qabul qilishni ham unutmang. Mukammallikka erishish va o‘zingizni tanlash yo‘lida o‘rganganlaringiz ahamiyatga ega.
Avvalgi syujyetga “yopishmang” (“Menga hamma rad javobini beradi”).
10. Doim aloqada qoling
Ortimdan ko‘priklarni yoqmaslik men uchun mushkul. Men buni juda tez-tez amalga oshiraman. Biroq o‘tmish bilan aloqalarni uzishga harakat qilmaganimda bu menga katta muvaffaqiyat keltirgan.
Masalan, bir kuni ilk kompaniyalarimdan birini yirik reklama agentligi Omnicom’ga sotmoqchi bo‘ldim. Bu kompaniyada mazkur qarorni qabul qiladigan ayol bilan uchrashdim. U kompaniyalarimiz birlashishga tayyor emas deb hisoblardi.
Men har oy unga kompaniyamizda sodir bo‘layotgan narsalar haqida hisobot yuborishni boshladim: yangi mijozlar, savdolar bo‘yicha ma'lumotlar, xodimlar soni. Bundan tashqari, Omnicom tarkibidagi boshqa agentliklarga yordam berardim. Bir kuni o‘sha ayolga mijozlarimizning nomidan qo‘ng‘iroq qildim va agentliklardan birini tavsiya etishini so‘radim. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy qiymatni taklif qildim.
Men har oy ana shunday qilardim. Deyarli bir yildan so‘ng u Omnicom’dagi uchta agentlik vakilini bizga yubordi. Ularning har biri menga xarid haqida taklif berishdi. Ulardan birini tanladimmi? Yo‘q, biroq men ulardan birini tanlashim mumkin edi.
Men “Hayot qisqa” iborasini yoqtirmayman. Menga u ba'zida juda uzoq bo‘lib tuyuladi. Boshqa tomondan hayotni xafagarchiliklarga sarflash uchun juda qisqalik qiladi. Hamma qandaydir yo‘l bilan yashashga harakat qiladi. Rad javobini olganlar ham, rad etuvchilar ham. Hech kim bundan sug‘urtalanmagan. Shunday ekan, keling, aloqada qolamiz. Shunday qilsak, finish chizig‘iga yetish biroz bo‘lsa-da, osonlashadi.
Mavzuga oid
14:13 / 25.03.2025
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi
12:13 / 19.09.2023
Bolalar milliy tibbiyot markazida onlayn maslahat berish yo‘lga qo‘yildi
10:50 / 08.08.2023
Aeroportda nimalar qilmaslik kerak? Styuardessa maslahatlari
13:13 / 08.03.2020