Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi modda bilan to‘ldiriladi
O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Muhokama uchun e'lon qilingan va Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 197-5-modda bilan to‘ldiriladi:
“197-5-modda. Ta'lim muassasasining pedagogik xodimi kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish
Ta'lim muassasasining pedagogik xodimi kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish - fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa - fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.