Özbekiston yöllarida voyaga yetmagan şaxslarning katta tezlikda maşina boşqarişi davom etmoqda.

Toşkent şahrida 13 yoşli ösmirlar avtomobil ruliga ötirib, içki yöllarda katta tezlikda harakatlangani ma’lum böldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bolalar bir neça marta turli maşinalar rulida ötirgani, yöl harakati qoidalarini qöpol tarzda buzganini köriş mumkin. 

Şundan keyin bolalar yaşaydigan mahalla aholisi ular yaşaydigan uyga şikoyat qilib borgan. Ammo ösmirlarning otasi farzandlarini tartibga çaqirib qöyişni sörab kelgan mahalladoşlariga öta qöpol munosabatda bölgan.

Ma’lum bölişiça, bolalarning otasi Nozim Azizov bölib, u mamlakatdagi yirik farmatsevt tadbirkorlardan biri hisoblanadi.

Uşbu holat ijtimoiy tarmoqda keng tarqalib, muhokamalar markaziga çiqqaç, tegişli çoralar körildi.

8 mart kungi sud qaroriga köra, 1981 yilda tuğilgan uşbu fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

«Men 2026 yil 8 martgaça bolalarimning qöliga kalit bermaganman. Bular 2025 yil noyabr yo dekabr oylarida ruxsatimsiz çöntagimdan kalitni olib, yuvib, köçaga olib çiqib ketişgandi», – deydi u.

Uning bu sözlari esa egizaklar muntazam ravişda maşina minib, qoidabuzarliklar sodir etiş bilan maşğul bölgani haqidagi köplab videolarga mos kelmaydi.

Bolalar haydagan maşinalardan biri jarima maydonçasiga qöyilgan. Manbalarga köra, ular haydagan boşqa maşinalar ham jarima maydoniga qöyiladi.

«Bunday munosabat köp hollarda ösmirlar uçun „bizga hamma narsa mumkin“ degan signalga aylanadi. Kattalar qonunbuzarlikka köz yumsa, bolalarning xatarli xatti-harakatlarini oqlasa yoki ularni tanqiddan himoya qilsa, ösmirlarda jazosizlik hissi şakllanadi», – deya qayd etdi IIV.

Vazirlik sönggi vaqtlarda Özbekistonda şunday holatlar sodir bölayotgani, voyaga yetmaganlar maşina boşqarib, yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzayotgani, ayrim ota-onalar esa bu qonunbuzarlikka befarq qarayotgani, biroq bu kabi holatlar oqibatsiz qolmasligini ta’kidlagan.