Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xersondan «evakuatsiya», Donbassdagi yaradorlar. Urush suratlari
Urushning 252-kunidagi asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya Ukraina Qora dengizdagi portlar orqali oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilishini ta’minlaydigan «g‘alla kelishuvi»ga qaytganini ma’lum qildi. Rossiya bu kelishuvdagi ishtirokini Qora dengiz floti kemalariga dronlar orqali hujum qilingani sabab 30 oktyabr kuni to‘xtatgandi, ammo endi Ukrainadan xavfsizlik yo‘lagi harbiy harakatlar uchun foydalanilmasligi borasida kafolat olganini bildirdi.
- Polsha Kaliningrad oblasti bilan chegarada ikki yarim metrlik to‘siq qurishga kirishdi.
- Rossiya FXX Qrimda Ukraina maxsus xizmatlari diversiyasining oldi olinganini ma’lum qildi.
- Chuvashiyada 100 dan ortiq safarbar qilinganlar Ulyanovskdagi o‘quv markazida to‘lovlar yo‘qligidan norozi bo‘lib isyon qilishdi.
- RF vitse-premeri Marat Xusnullin 8 oktyabr kungi portlash oqibatida shikastlangan Qrim ko‘prigini tiklash ishlari dekabrda yakunlanishini va’da qildi.
- New York Times gazetasi xabar berishicha, Rossiya generallari Ukrainaga qarshi taktik yadro quroli qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qilgan. Bu ma’lumotni Oq uy vakili ham tasdiqladi.
- Bu vaqtda Rossiya TIV «yadro urushining oldini olish lozimligi» to‘g‘risida bayonot berdi, unda Rossiya yadro doktrinasi faqat mudofaaviy xarakterga ekani aytilib, buni o‘zgacha talqin qilishga yo‘l qo‘yilmasligiga va’da berilgan. Rossiya yadro qurolini faqat ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalangan holda amalga oshirilgan tajovuzga javoban qo‘llashi mumkinligi aytilgan.
- Ukraina manbalari ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shini Zaporijjya AESning ishlatilgan yadro yonilg‘isi saqlanadigan hududida noma’lum obekt qurmoqda va u yerga stansiya xodimlari kirishiga ruxsat berilmayapti.
Quyida 2 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Svyatigorskda vayron qilingan monastir
Svyatogorsk — Donetsk oblasti shimolidagi shahar. Rossiya qo‘shinlari uni iyun oyi boshida egallab olgandi, sentabr oyida esa Svyatogorsk Ukraina armiyasi tomonidan ozod etildi. Rossiyaliklar shaharni egallagan bo‘lsa-da, Shimoliy Don daryosining narigi sohilida joylashgan Svyatogorskaya lavri ibodatxonalar majmui Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolgandi. Rossiyalik harbiylar bu hududni bir necha bor o‘qqa tutishgan, 7 may kungi zarbalar oqibatida Svyatogorsk yaqinidagi Dolina qishlog‘ida joylashgan Avliya Georgiyevskiy monastiri vayron etilgandi.
Rossiyaliklar tomonidan «evakuatsiya» qilinayotgan xersonliklar
Oktyabr oyi o‘rtalarida Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati Ukraina qurolli kuchlari hujumi kutilayotganini ma’lum qildi va aholini shahardan «evakuatsiya» qilishga kirishdi. Xersonliklarga Dnepr daryosining chap sohiliga o‘tish yoki Rossiya regionlariga ketish taklif etildi, ularga bu hududlarda turar joylar uchun sertifikatlar berilishi va’da qilindi. 1 noyabr kuni regionning Rossiya ta’siridagi rahbari Vladimir Saldo Dneprning o‘ng sohilidan chap sohilga 70 ming kishi olib o‘tilgani, yana 70 ming kishini sohildan 15 kilometrlik hudud bo‘ylab joylashtirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. 2 noyabr kuni Xerson oblasti ma’muriyati Dneprning o‘ng sohilidagi kechuv joyini yopib qo‘ydi.
Vayron bo‘lgan Mariupol
Mariupol uchun janglar keng ko‘lamli bosqinning ilk kunlaridayoq boshlanib ketgandi. Rossiya qo‘shini asta-sekinlik bilan shaharni egallay boshladi, ko‘cha janglari olib borildi va tinch aholi ko‘chirildi. Mart oyi oxirida RF armiyasi Mariupol markaziga kirdi, Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich shahardagi binolarning 90 foizi vayron bo‘lganini, besh ming kishi halok bo‘lganini aytdi. Sentyabr oyida o‘tkazilgan «referendum»lar yakunlariga ko‘ra, «DXR» ham Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. Bugungi kunda Mariupolning ko‘rinishi quyidagicha.
Donbassdagi harbiy hospitalda ukrain harbiylari
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Donetsk oblastida uch yo‘nalishda ilgarilamoqda — Baxmut va Avdeyevka shaharlari atrofida, shuningdek Pavlovka posyolkasi hududida. Donetskdagi barcha yo‘nalishlarda intensiv janglar ketmoqda. Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarning ma’lum qilishicha, Rossiya qo‘shini ilgarilashga muvaffaq bo‘lishi bilanoq Ukraina armiyasi barcha hujumlarni bartaraf etmoqda. Quyida Donetsk oblastidagi ukrain harbiy shifokorlari qanday sharoitlarda ishlayotgani aks etgan fotosuratlar.
Reabilitatsiya markazidagi «Azov» jangchilari
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
22:56 / 25.12.2025
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
15:58 / 25.12.2025
«Otuvga yoki hibsga tayyorman». NYT Kremlning urushga qarshi bo‘lgan mulozimi haqida
15:32 / 25.12.2025