O‘zbekiston | 12:31 / 26.10.2021
3363
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda "Nexia" va "Damas" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida "Nexia" va "Damas" ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, 25 oktyabr kuni soat 11:30 larda haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan O.B. boshqaruvidagi "Nexia" hamda haydovchi 1978 yilda tug‘ilgan A.Sh. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobillar to‘qnashib ketgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Natijada "Damas" rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1964 yilda tug‘ilgan G.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur YTH yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid