Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Respublika immunologiya ilmiy markazi tashkil etiladi
Foto: immunology.uz
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida Respublika immunologiya ilmiy markazi tashkil etiladi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 30 sentabrida imzolagan «Immunologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi qaroriga (pdf) muvofiq tashkil etiladi.
Unga ko‘ra, Respublika immunologiya ilmiy markazi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya Instituti negizida tashkil etilib, davlat idorasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
Markazni moliyalashtirish manbalari sifatida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ilmiy loyihalar natijalariga ko‘ra ajratiladigan mablag‘lar hamda markazning o‘z xo‘jalik faoliyatidan ko‘ruvchi daromadlari, xalqaro moliyaviy va boshqa institut grantlari ko‘rsatilgan.
Yangi markaz inson tanasi immunologik va irsiy asoslari, immuntanqisligi va immunqaramlik kasalliklari va boshqalar ustida tadqiqot olib boradi.
Mavzuga oid
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
19:32 / 15.12.2025
Kishi boshiga tabiiy boyliklar: Saudiyada 1 mln, Rossiyada 520 ming dollar. O‘zbekistonda-chi?
18:58 / 14.12.2025
O‘zbekistonda AQSh kompaniyalari bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilishi mumkin
21:04 / 13.12.2025