«2025 yildan daromadga kira boshlashni rejalashtirganmiz» - Namanganda prezident bilan uchrashgan arab tadbirkori
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifini Yangiqo‘rg‘on tumanidan boshladi va BAA bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Sura General Investmens» MChJ agrokompleksi bilan tanishdi.
Kompaniya vakillarining ma'lum qilishicha, 3 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga 108 gektar maydonda intensiv bog‘ barpo etilgan. Bog‘da gilos, shaftoli va o‘rik kabi eksportbop mevalar parvarishlanmoqda.
«Sura General Invesmens» MChJ xorijiy korxonasi rahbari Abdulboriy Ayman Kun.uz bilan suhbatda nega aynan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani tanlanganiga to‘xtaldi.
«Biz juda ko‘p joylarni o‘rgandik, tabiat, tuproqlar tarkibi bilan qiziqdik. Aynan mana shu hudud Yevropaning qator yetakchi olimlari va shaxsiy tajribamizga ko‘ra tanlangan. Atrof bahavo, tog‘lar yaqin, bu ayniqsa gilosning barq urib rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Umuman, O‘zbekistonni tanlaganimizga kelsak, xorijda, xususan mening davlatimda mamlakatingizdagi jarayonlar diqqat bilan kuzatib borilyapti. Hozirgi imkoniyatlardan foydalandik va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritdik.
Hurmatli prezident janoblari bilan gaplashganda ham shu gapni aytdim, men turli davlatlarda yashaganman, biznes qilganman, lekin mubolag‘asiz aytaman: O‘zbekiston meva-sabzavotlarning ta'mi biror joyda yo‘q.
Rejamizga ko‘ra, 2022 yilda dastlabki hosilni olamiz va 2025 yildan boshlab daromadga kira boshlaymiz. Maqsadimiz faqat bu soha bilan cheklanib qolish emas, O‘zbekistonda biznesning turli yo‘nalishlarini sinab ko‘rmoqchimiz», – deydi Abdulboriy Ayman.
Shu yerda davlat rahbariga viloyat va umuman respublika agrosanoat salohiyati bo‘yicha taqdimotlar namoyish qilindi.
Namangan viloyatida limonchilikni rivojlantirish, yong‘oq maydonlarini kengaytirish, echkichilik bo‘yicha yangi marralarni egallash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Davlat rahbari bu sohalar bo‘yicha ilm zarurligini ta'kidlab, universitetlar qoshida limonchilik, yong‘oqchilikni chuqur o‘rganish zarurligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024
Namanganda qadimiy yerosti yo‘laklari, isitish tizimi va sopol quvurlar topildi
18:15 / 11.09.2024