Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği tezkor tadbirda qölga olindi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, bölim boşliğining oila a’zolariga tuman hokimining 2021 yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetiştiriş uçun issiqxona taşkil etiş maqsadida 2 gektar yer maydoni ajratib berilgan. FVB boşliği uşbu yer maydonini mansabdor tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurişi uçun ruxsat olib beriş evaziga 160 ming dollar olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda uşlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (Pora beriş) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şuningdek, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani FVB tezkor bölinmasi boşliği ham 7 ming dollar bilan uşlangan. U uşbu pul evaziga Guliston şahrida yaşovçi 30 yoşli fuqaroga uni özining mansabdor tanişlari orqali şahar favqulodda vaziyatlar bölimiga işga kiritib qöyişni va’da qilgan.
Bölinma boşliğiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar bilan uşlangani xabar qilingandi.

















