Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomda o‘zgarishlar yuz beradi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomning 42-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017 yil 4 iyuldagi 3-mh-son qarori bilan tasdiqlangan Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomning 42-bandi quyidagi tahrirda bayon etilishi mumkin:
“42. Sport unvoni va sport razryadlarini berish to‘g‘risidagi taqdimnomalar har oyda malaka komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Malaka komissiyasi majlislari uning raisi tomonidan chaqiriladi.
Malaka komissiyasining navbatdan tashqari majlislari zarurat bo‘lgan taqdirda uning raisi tomonidan chaqirilishi mumkin.”.
Mazkur buyruq Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishiladi.
Mavzuga oid
18:35 / 20.01.2026
Yil yakuniga qadar har bir tuman va shahardagi maktabda kurash klubi ochiladi
10:41 / 12.01.2026
Hukumat qarori: buyurtmachi talabani moliyalashtirib, keyin ishga qabul qiladi
09:21 / 23.12.2025
Ishonchli boshqaruvchilar aktivlarini baholash har chorakda amalga oshiriladi
16:23 / 18.12.2025