O‘zbekiston | 13:03 / 14.12.2020
8314
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyoda 37-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi.

Foto: Kun.uz / arxiv

2020 yil 14 dekabr kuni Toshkent shahrida "O‘zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollar roli" mavzusida birinchi forum bo‘lib o‘tdi. 

Forumda Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda o‘tgan yilgi saylov yakunlari bo‘yicha parlamentning quyi palatasiga 48 nafar ayol deputat etib saylangani, bu deputatlar umumiy sonining 32 foizini, Senatda esa 25 foizni tashkil etayotganligi aytildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetganligi hamda mamlakat parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyodagi 190ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarilgani ta'kidlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid