Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi
Bunga rahbarning ustozlarni o‘z lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmagani sabab bo‘ldi.
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 42-umumta’lim maktabi direktori ishdan bo‘shatildi, deb xabar berdi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi.
Avvalroq, o‘qituvchilar ushbu maktabni ta’mirlayotgani haqida videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
«Maktab jamoasi bilan suhbatda ular tomonidan ushbu hashar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgani ta’kidlansa-da, ustozlarni o‘z lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmagani sababli maktab direktori Z.M. egallab turgan lavozimidan ozod etildi», deyiladi bayonotda.
Qayd qilinishicha, maktab 1982 yilda qurilib, 2005 yilda joriy ta’mirlangan. 2023 yil «Tashabbusli budjet» loyihasi asosida 1 milliard 200 millionlik qiymatga ega eshik va romlar bilan jihozlangan. 2024 yilgi mavsumda 1 milliard 300 million so‘m mablag‘ yutib olinib, sport maydoni qurilgan va maktabning old qismi zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan. Hozir maktabda 1 ming 236 nafar o‘quvchiga 74 nafar ustoz ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
Mavzuga oid
18:07 / 17.12.2025
Toshkent viloyatida o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab rahbariyati jazolandi
14:12 / 09.12.2025
Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi
09:13 / 11.10.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi
17:00 / 06.10.2025