Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha majburiy topshiriq bergan hokimliklar ogohlantirildi
Mehnat inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahar, Oltinko‘l, Asaka va Marhamat tumanlari hokimliklariga ogohlantirishlar yuborildi, Andijon viloyati hokimligiga qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
O‘zbekistonda qator mahalliy hokimliklar tomonidan «majburiy topshiriq» niqobi ostida xodimlarni majburiy mehnatga jalb eish holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati.
So‘nggi kunlarda ayrim mahalliy hokimlar tomonidan xodimlarni aholini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlariga ish vaqtidan tashqari paytda majburan jalb etish holatlari uchramoqda.
Inspeksiya xodimning roziligisiz, bosim, topshiriq yoki «majburiy topshiriq» niqobi ostida ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish majburiy mehnat hisoblanishi va bu qonun buzilishi hisoblanishini ta’kidlagan.
Shu tufayli Buxoro shahri, Oltinko‘l, Asaka va Marhamat tumanlari hokimliklariga bu kabi holatlar yuzasidan ogohlantirishlar yuborildi. Andijon viloyati hokimligiga qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.
Inspeksiya, shuningdek, ish vaqtidan tashqari ish faqat xodimning ixtiyoriy roziligi bilan amalga oshirilishi hamda buning uchun haq to‘lash Mehnat kodeksining 262-moddasiga muvofiq majburiy ekanini bildirdi.
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tartibi:
- bir kundagi dastlabki 2 soat – kamida 1,5 baravar;
- 2 soatdan ortiq – kamida 2 baravar;
- noqulay mehnat sharoitida – har bir soati uchun kamida 2 baravar.
Mavzuga oid
10:34 / 21.01.2026
Namanganda ishchi vafot etgan sement zavodida mehnat muhofazasi talablari buzilgan - Mehnat inspeksiyasi
17:52 / 13.01.2026
Buvaydada buyruqni bajargani uchun ishdan olingan maktab direktori lavozimiga tiklandi
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
17:27 / 09.01.2026