Sport | 15:15 / 10.06.2017
5674
1 daqiqa o‘qiladi

MBAda sermahsullik bo‘yicha Maykl Jordanni ortda qoldirishdi

«Klivlend Kavalers» basketbol jamoasi forvardi Lebron Jyeyms MBA final seriyalaridagi eng sermahsul o‘yinchilar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, deb xabar bermoqda RT.

«Kavalers» MBA finali seriyasining to‘rtinchi bahsida «Golden Steyt Uorriorz»ni 137:116 hisobida mag‘lub etdi, Jyeyms esa 31 ochko yig‘di.

Shu tariqa, mashhur basketbolchi hisobida endi final seriyalarida 1206 ochko bor. Bu ko‘rsatkich Jyeymsga «Chikago Bullz» va «Vashington Uizards» sobiq himoyachisi Maykl Jordanni (1176 ball) ortda qoldirish imkonini berdi.

Finalda yig‘ilgan ochkolar bo‘yicha birinchi o‘rinni «Los-Anjyeles Leykers» sobiq basketbolchisi Jyerri Uest (1679) egallagan. Ikkinchi o‘rin esa uning jamoadoshi - Karim Abdul-Jabbor (1317) tomonidan band etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid