Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruslan Davletov basketbol federatsiyasi raisi lavozimidan ketdi, uning o‘rnini Ilhom Mahkamov egalladi
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston basketbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaga yangi rais saylash kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi.
Boshqa ishga o‘tgani sababli O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Ruslan Davletov o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasi ko‘rib chiqildi va delegatlar tomonidan qanoatlantirildi.

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalaga o‘tildi. Unda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning nomzodi O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Shu tariqa Ilhom Mahkamov O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi etib saylandi.
Ilhom Mahkamov 1979 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uzoq yillardan beri kommunal sohada, xususan, «O‘zkommunxizmat» agentligining bosh direktori, Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri ishlagan. 2021 yildan transport vaziri lavozimida faoliyat yurityapti.
Mavzuga oid
20:52 / 09.06.2026
Tramp NBA finalida hushtakbozlikka uchradi
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
18:26 / 03.06.2026
Yil oxirigacha Buxoro-Urganch-Xiva yo‘nalishida zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi – transport vaziri
09:21 / 19.03.2026