Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yigit o‘ziga tanish qizni kaltakladi, maktablardan birida esa ikki o‘quvchi janjallashdi
Ikkala holat ham Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida yigit qiz tanishini kaltakladi, deya xabar qildi poytaxt IIBB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 14 aprel kuni taxminan soat 11:50 larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida 2003 yilda tug‘ilgan S.A. va uning tanishi, 2006 yilda tug‘ilgan A.J. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Mojaro vaqtida S.A. qizga nisbatan kuch ishlatib, unga tan jarohati yetkazgan. Jabrlangan A.J. shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi tan jarohati olgani aks etgan fotolar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan maktablarning birida 21 aprel kuni 2007 yilda tug‘ilgan R.S. va shu maktab o‘quvchisi 2007 yilda tug‘ilgan A.I. tortishib qolgan hamda janjallashib ketgan.
Janjal vaqtida A.I.. R.S.ga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.
Tan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
00:04 / 15.02.2026
O‘rikzor bozorida bir guruh shaxslar mushtlashishdi
22:21 / 30.01.2026
Toshkentda odamlarni qo‘rqitib, pul talab qilgan o‘smirlar guruhi qo‘lga olindi
18:07 / 25.01.2026
Namanganda «Eshon» laqabli bezori qo‘lga olindi
18:13 / 24.01.2026