Xorazm viloyati IIB va DXX xodimlari tomonidan qonunsiz köça muhitini şakllantirib, fuqarolarni qörqitiş va zöravonlik orqali nazoratda uşlaşga urinib kelgan bir guruh şaxslar qölga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, tanişlari va yoşlar örtasida «Jommi Darital» laqabi bilan tanilgan 29 yoşli J.A. Urganç şahar markaziy dehqon bozori hududida 27 yoşli yigitning yölini tösib, turli bahonalarni rökaç qilib, uni heç qanday sababsiz tanasining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.
Jabrlanuvçining içki işlar organlariga murojaati asosida suriştiruv boşlanganidan söng, J.A. unga ruhiy va jismoniy bosim ötkazişga uringan. Şundan keyin tezkor xodimlar tomonidan uşlangan J.A.ning yonlari közdan keçirilganida, oğirligi 3 gramm bölgan marixuanani qonunga xilof ravişda saqlab yurgani aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Yana bir holatda ilgari Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan sudlangan, «Maliş» laqabli 28 yoşli A.M. 18 yanvar kuni Boğot tumanida 27 yoşli yigitni oldiga çaqirib, kelmaganini bahona qilib, uning yaşaş xonadoniga borgan. U yerda yigitning erkiga xilof ravişda uyiga kirib, tanasining turli joylariga urib, jarohat yetkazgan.
Şuningdek, «Rasul qiliç» laqabi bilan tanilgan R.F. 13 yanvar kuni Xiva-Urganç yönalişida kirakaşlik qilib kelayotgan 41 yoşli erkakni ta’qib qilib, uning yölini tösgan va avtomaşinadan tuşganidan keyin tanasining turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazgan. Janjalni töxtatişga uringan 44 yoşli erkak ham zöravonlikka uçragan.
Uçta holatda ham gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) bilan, J.A.ga esa qöşimça ravişda 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Gumondorlar ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Yuqoridagi şaxslarning xatti-harakatlaridan jabr körgan fuqarolardan içki işlar organlariga murojaat qiliş söralmoqda.












