Şerzod Şermatov – maktabga pulli qabul böyiça yangi tartib va korrupsiya haqida
|21:00 / 12.06.201967 52312 min
Özbekiston Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov Facebook’dagi sahifasida talab yuqori bölgan poytaxt maktablarida yangi öquv yilidan bolalarni 1-sinfga qabul qilişning yangi tizimi joriy etilişi munosabati bilan izoh berdi. U rus tilli auditoriyaning manfaatlarini hisobga olgan holda postini rus tilida yozgan.
Avval ma'lum qilinganidek, Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni davlat umumiy örta ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori asosida 2019/2020 yilgi öquv yilida Toşkentdagi 81ta maktabga qabul Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi. Kelgusida bunday tartib butun respublika böyiça tatbiq etilişi rejalaştirilgan.
Bu tartibga köra, maktablarga qabul kvotasi asosiy va qöşimça kvota turlariga ajratiladi — asosiy kvota va pulli kvota.
Qöşimça kvota — umumta'lim muassasalarining imkoniyatidan kelib çiqib, mikrohududdan taşqarida istiqomat qilayotgan maktab yoşidagi, mikrohudud va mikrohududdan taşqari maktab yoşiga yetmagan (tegişli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoşga töladigan), şuningdek, umumta'lim muassasalarida ta'lim beriş tili böyiça boşlanğiç bilim (muloqot qiliş) könikmasiga ega bölmagan bolalar uçun ajratiladi. Qöşimça kvota uçun eng kam iş haqining 10 baravaridan kam bölmagan miqdorda bir martalik tölov puli tölanadi, ya'ni ota-ona farzandini öz mikrohududidagi emas, boşqa yerda joylaşgan maktabda öqişini istasa, ana şu miqdordagi pulni tölaydi. Qöşimça kvotalarni oliş kuzatuv kengaşlari tomonidan muhokamaga kiritiladi. Har bir sinfda bolalar soni 35 nafardan oşmasligi lozim.
Quyida vazirning posti töliqligiça keltiriladi.
«Keling, şov-şuv kötariş örniga bolani maktabga joylaş bilan boğliq vaziyat qandayligini körib çiqamiz. Har yili turli «muhim va ta'siri katta» taşkilotlarda işlaydigan şaxslardan farzandlarini Toşkent şahridagi «nufuzli maktablar»ga joylaş töğrisida «qattiq iltimos»lar bölib turadi. Ana şunday maktablardan birining direktori aytişiça, ötgan yili «qönğiroqçilar» (qiziq, öqituvçi va maktab direktorlari orasida şunday termin ham bor!) soni 100dan oşib ketgan!
Mavzuga oid
Şu bilan birga, bolani bunday «nufuzli maktab»ga joylaş uçun ota-onalar vositaçilar va ta'lim tizimidagi ayrim nopok kimsalarga «hammaga ma'lum» miqdorda pul tölaşgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi sörovlardan ma'lum bölişiça, bolasini maktabga joylaş uçun aksariyat ota-onalar söralgan pulni yoki quriliş materiali berişgan.
Eng yomoni, bu işlardan maktab mikrohududida yaşab turib farzandini öşa maktabga berolmaganlar jabr çekişgan. Va har doim bu işda maktab direktorlari aybdor bölib kelgan. Hattoki kimdir farzandini bepul, ammo «yuqoridan bosim» yoki boşqa «qörqituvçi» yöllar bilan joylagan bölsa ham, «masalani hal qiliş» uçun göyoki pora olgan direktor aybdor bölgan.
Masalan, quyidagi jadvalda Toşkentdagi eng talab yuqori bölgan sakkizta maktab körsatilgan. Bu maktablarda öquvçilar soni maktab quvvatiga nisbatan ikki baravardan ham köproq, ya'ni bu yerda hattoki ikki smenada ham me'yordagidek öquv jarayonini taşkillaştirib bölmaydi. Bu maktablarda ötgan yili 70-90 foiz atrofidagi birinçi sinf öquvçilari boşqa mikrohududlardan qabul qilingani ayon, ularning aksariyati «qönğiroqçilar».
Ya'ni şunça bola turli taşkilotlardan bölgan «qönğiroqlar» orqali qabul qilingan. Endi bunday «telefon huquqi» bölmaydi! Bu maktablarning direktorlari heç kimni özlariça maktabga qabul qila olmaydi, şu bois ularga murojaat qiliş befoyda. (Bizga ham!) barça hujjatlar Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi yagona darça markazlari orqali qabul qilinadi.
Uzoqqa bormaylik, internetda «Toşkentdagi maktab direktori bolani birinçi sinfga qabul qiliş uçun pora söradi» deb qidirib köraylik. Qidiruv natijalarida taklif etilgan xabarlarga kirib köramiz va öquvçilarning izohlari bilan tanişamiz. Afsuski, bunday holatlar köp bor sodir bölgan.
Şu bois biz ta'kidladikki, «maktab direktorlari qonuniy işlaşlari va berilayotgan imkoniyatlardan foydalanişlari lozim. Poytaxtimiz maktablari qolganlar uçun örnak böliş kerakligi aytildi.
Şuningdek, talab yuqori bölgan maktablarda bolalarni ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişda korrupsiya belgilarini yöqotiş uçun kelgusi öquv yilidan boşlab uşbu maktablarga qabul qiliş Adliya vazirligi qoşidagi Davlat xizmatlari agentligining yagona darça markazi orqali amalga oşiriladi. Bu orqali noqonuniy harakatlarni amalga oşirayotgan rahbarlar va ularning vositaçilarining şaxsiy manfaatlari yölidagi harakatlariga çek qöyiladi.
Şu bilan birga, ota-onalar tomonidan talab yuqori bölgan maktablarga tarmoq maktablari taşkil etiş huquqi taqdim etiladi. Bu esa maktablarda joy yetişmasligi va korrupsiya omillarining kamayişiga yordam beradi».
Tayyorgarlik yil davomida olib borildi – jamoatçilikning şikoyat va murojaatlarini hamda ijtimoiy tarmoqlar va OAVdagi fikrlarni örgandik, xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qildik, bolalarni maktabga qabul qiliş tartibining turli variantlarini işlab çiqdik, davlat xizmatlari agentligi va boşqa taşkilotlar hamkorligida ekspert va maktab direktorlari bilan muhokamalar ötkazdik.
Turli darajadagi muhokamalardan söng va korrupsiya holatlarining oldini oliş uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni davlat umumta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, talab yuqori bölgan maktablarga (Toşkent şahridagi 81ta maktab) qabul Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi. Keling, mavjud vaziyatni yangi tartib bilan taqqoslab köramiz.
I. Mavjud holat: ota-onalar mikrohududdan taşqaridagi maktabga farzandini joylaş uçun pora berişga yoki taniş-bilişlarini işga solişga urinişadi, bu sinflarda öquvçilar soni oşib ketişiga olib keladi. Natijada, (1) mikrohududdagi bolalar bu maktablarga kira olmaydi, (2) sinflarda bolalar köpligi bois ta'lim sifati pasayadi, (3) uzoq maktabga borib-keliş natijasida tölib ketgan sinflarda bolalarning salomatligi pasayadi. Bu korrupsiya va poraxörlikka olib kelgan.
Ya'ni ota-onalar bunday maktablarga farzandlarini joylaş uçun hattoki öşa hududda yaşasa ham pul uzatişgan yoki taniş-biliş izlaşgan.
Yangi tartib: hammasi davlat xizmatlari markazi orqali hal qilinadi va maktab direktorlari qabul jarayoniga aralaşmaydi:
1. mikrohududdagi 7 yoşli, ta'lim beriş tili böyiça yetarli könikmaga ega bölgan bolalar maktabga bepul va qöşimça şartlarsiz qabul qilinadi.
Mikrohududdan taşqaridagilar farzandini joylaşi uçun pora berişi yoki tanişlaridan «qönğiroq» qilib qöyişlarini söraşlari şart emas.
Mazkur mablağlar maktabdagi şaroitlarni yaxşilaş hamda maktab öqituvçilari va direktorini rağbatlantiriş uçun yönaltiriladi.
Bundan qanday foyda? Maktablarda öquvçilar soni mutanosib böladi, korrupsiya kamayadi, öqituvçilar köproq rağbatlantiriladi.
1. Ilgari «nufuzli maktab» mikrohududidagi bolalar bu maktabga kira olmasdi. Endi hamma bolalar öz mikrohududidagi maktabda bepul va heç qanday tösiqlarsiz öqişlari mumkin.
2. Bu maktablarda bir sinfda hozirgi 45-50ta öringa 35 nafargaça öquvçi böladi.
3. Direktor «alohida iltimoslar»ni bajarişdan qutuladi va barça öquvçilar davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
4. Muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan direktorlar «tarmoq maktablari» oçişdan manfaatdor böladilar, maktab nufuzi va ta'lim sifati oşadi.
II. Mavjud holat: 2. Bolalarni belgilangan 7 yoş örniga 6 yoşdan maktabga berişga harakat qilişadi. Natijada öqituvçi bunday bola bilan köproq işlaşiga töğri keladi va butun sinfga kamroq e'tibor ajratişi sababli ular öquv dasturidan ortda qolişadi.
Ota-onalar 6 yoşli farzandini maktabga joylaş uçun pul berişgan yoki tanişlarini işga solişgan.
Yangi tartib: 2. Bola özidan katta 7 yoşlilar bölgan 1-sinfda majburan ötiriş örniga yana bir yil maktabgaça ta'lim muassasida yoki tayyorlov sinfida öqişi oson va qulay böladi.
Agarda kimdir 7 yoşdan kiçik farzandini maktabga joylaşni şart deb bilsa, pora berişi yoki tanişlarini işga solişi şart emas.
Maktab budjetiga tuşadigan mablağ ana şunday bolalar bilan köproq işlaydigan öqituvçilarni moddiy rağbatlantirişga sarflanadi.
Bundan qanday foyda? Ota-onalar 7 yoşga tölmagan farzandlarini maktabga kamroq beradi.
III. Mavjud holat: ta'lim olib boriladigan tilni bilmaydigan öquvçilar bunday maktablarga könikişi qiyin bölmoqda va öqituvçilarning köproq kuç va e'tibori talab etilayotgani sababli boşqa öquvçilarning özlaştirişiga jiddiy ta'sir körsatmoqda.
Ta'lim olib boriladigan tilni bilmaydigan farzandini bunday maktabga joylaş uçun ota-onalar pul berişgan yoki taniş-bilişga murojaat qilişgan.
Yangi tartib: bola öz ona tilida ta'lim olişi oson va qulay, u darslarni oson özlaştiradi, öz bilimiga işonadigan bölib yetişadi.
Bundan qanday foyda? Ota-onalarga farzandini ona tilida öqiydigan maktabga beriş foydaliroq böladi, u darslarni asab buzişlarsiz özlaştiradi. Zero ota-ona uçun farzand soğligi va maktabda yaxşi bilim olişi muhim sanaladi.
Bu yil ota-onalar va poytaxtdagi 81ta maktabga qabul qilinadigan bolalarga qulay bölişi uçun qabul Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali şaffof tarzda taşkil etiladi. Yangi tizim keyingi yillarda barça viloyatlarda joriy etiladi.
Bu esa bolalarni 1-sinfga joylaş orqali «pul işlamoqçi» bölgan nopok şaxslarning urinişlari oldini oladi. Aksinça, ota-ona 7 yoşli farzandini öz mikrohududidagi maktabga joylamoqçi bölsa va bolada öqitiş tili borasida muammo bölmasa, pul tölaşning hojati yöq. U hattoki talab yuqori maktabga ham asosiy kvota böyiça qabul qilinadi. Avvallari buning iloji bölmagan (jadvalga qarang).
Umumta'lim muassasalarining imkoniyatidan kelib çiqib, 1) mikrohududdan taşqarida istiqomat qilayotgan maktab yoşidagi, 2) mikrohudud va mikrohududdan taşqari maktab yoşiga yetmagan (tegişli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoşga töladigan), 3) umumta'lim muassasalarida ta'lim beriş tili böyiça boşlanğiç bilim (muloqot qiliş) könikmasiga ega bölmagan bolalar uçun qöşimça kvota ajratiladi. «Vositaçi» va poraxörlarga iş yöq!
Bunda, heç kim ota-onalarni pul tölaşga majbur qilmaydi (Qöşimça kvotani unutiş mumkin). Ota-onalarda har doim tanlaş imkoni böladi: bolani yaşaydigan joyiga yaqin maktabga heç qanday muammo va tölovlarsiz joylaş mumkin. Ta'lim sifati borasida direktorning mas'uliyatini oşiriş uçun maktab kuzatuv kengaşida faol qatnaşiş ham mumkin.
P.S. Rostini aytsak, mavjud tizim ta'lim sohasidagi rahbar xodimlar uçun juda qulay edi, sababi turli tekşiruvçi va nazorat qiluvçi organlar va taşkilotlarning ularga «işi tuşib turar» va evaziga öz «xizmat»larini taklif qilişardi. Ularga qolsa, hammasi avvalgidek bölsa...