O‘zbekiston | 08:31 / 29.08.2022
5561
1 daqiqa o‘qiladi

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatda bepul rasmiylashtirilishi aytildi

Hukumat qaroriga asosan qator holatlarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi.

Ular quyidagicha:

  • ko‘chmas mulk obekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
  • ko‘chmas mulk obekti bir qismi begonalashtirilganda obekt qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
  • kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki Yagona portal orqali elektron tarzda foydalanish mumkin.

Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

Mavzuga oid