Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Annexia qilingan Xersonda «hududiy mudofaa otryadlari» tuzilyapti
Foto: AP
Xersonda qolgan barcha erkaklar «hududiy mudofaa bo‘linmalariga» qo‘shilishga chaqirildi. Shaharni tark etishni xohlovchilar istalgan vaqtda Dniproning chap qirg‘og‘iga borishlari mumkin, deya ma’lum qildi okkupatsion «ma’muriyat».
Rossiya tomonidan qo‘shib olingan Xerson viloyatining okkupatsion «hokimiyati» Ukraina qo‘shinlarining Xersonga hujumini qaytarish uchun «hududiy mudofaa bo‘linmalari» tuzilganini e’lon qildi. «Ukraina millatchilarining harakatlari tufayli xavfsizlikka tahdid kuchayganiga qaramay, Xersonda qolishni xohlovchi barcha erkaklar uchun shaharning hududiy mudofaa bo‘linmalariga qo‘shilish imkoniyati yaratildi», — deyiladi qo‘shib olingan hudud «ma’muriyati»ning Telegram-kanalidagi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, gap shaharda o‘z xohishi bilan qoladigan erkaklar haqida ketmoqda. Shaharni tark etmoqchi bo‘lganlar «istalgan vaqtda Dniproning chap qirg‘og‘iga borishlari mumkin», deb ishontirdi okkupatsion hukumat.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 oktyabr kuni Xerson va Zaporijjya viloyatlarining annexia qilingan qismlarida, shuningdek, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Luhansk va Donetsk «xalq respublikalari»da harbiy holat joriy qildi. Shu bilan birga, u qo‘shib olingan ushbu hududlarda «shtab» va «hududiy mudofaa bo‘linmalari» tashkil etishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
Ukraina Xersonga qarshi keng ko‘lamli hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ma’lumotlar fonida, Xerson viloyatining okkupatsion «hokimiyati» 18 oktabr kuni xavfsizlikka tahdidning kuchayishi tufayli aholining Dnipro o‘ng qirg‘og‘idan chapga «ko‘chirilishi» haqida e’lon qildi. 22 oktabr kuni Xerson aholisi shaharni zudlik bilan tark etishga chaqirilgan.
Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) rus qo‘shinlarining Xersondan chekinishi allaqachon boshlangan deb hisoblaydi. Institutning ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlari o‘q-dorilar, harbiy texnika va ayrim bo‘linmalarni Dniproning g‘arbiy qirg‘og‘idan sharqiy qirg‘oqqa paromlar orqali «juda faol» o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 02.01.2026
Xerson oblastining Rossiya tayinlagan «gubernatori» Ukrainani mehmonxonaga zarba berishda aybladi
17:47 / 03.08.2025
Rossiya Xersondagi ko‘prikka zarba berdi. Sochida esa ukrain dronlari hujumidan keyin neft baza yonib ketdi
13:22 / 05.05.2025
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi
12:31 / 02.05.2025