3 avgustga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Mikolayiv şahriga raketa hujumi uyuştirdi, deb xabar berdi oblast ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim va Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati. Qutqaruvçilarning ta’kidlaşiça, zarbalar şaharning turar joy binolaridan iborat mikrorayoniga kelib tuşgan.
23 ta xususiy uy, 12 ta köp qavatli uy, avtomobillar, poçta bölimi, quriliş materiallari dökoniga zarar yetgan. Uçta xususiy uy vayron bölgan. Sönggi ma’lumotlarga köra, yetti kişi jabrlangan, ulardan tört nafariga voqea joyida yordam körsatilgan.
Rossiya armiyasi Xersondagi Korabel mikrorayoniga olib boruvçi köprikka zarba berişda davom etdi.
Korabel mikrorayoni Karantin orolida joylaşgan bölib, u şahar bilan ikkita köprik – temiryöl va avtomobil köprigi orqali boğlangan. Orolda Xerson kemasozlik zavodi ham joylaşgan.
Bir kun avval Xerson rasmiylari Rossiya qöşinlari şaharga ikkita boşqariladigan aviabomba taşlaganini ma’lum qilgandi. Natijada köprik şikastlangan – yölda katta teşik hosil bölgan. Keyingi kuni oblast ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudin Rossiya qöşinlari Xersonga yana havodan hujum qilganini ma’lum qildi. Köprikka berilgan zarbalar haqida rossiyalik harbiy muxbirlar ham yozmoqda.
2 avgust kuni keçqurun yöllangan zarbadan söng, rasmiylar Korabel rayoni aholisini evakuatsiya qilişga çaqirdi, çunki köprikning şikastlanişi tufayli «logistika qiyinlaşgan» va u yerga oziq-ovqat olib ötiş qiyin böladi. Bundan taşqari, zarba natijasida gaz quvuri şikastlangan, şu sababli mikrorayon aholisi gazsiz qolgan.
«Bizda logistika bilan boğliq ba’zi muammolar bor, bu oziq-ovqat, dori-darmonlar, şoşilinç tibbiy yordam va umuman boşqa barça xizmatlarni yetkazib beriş bilan boğliq. Aynan şuning uçun biz [odamlar] Korabel mikrorayonidan evakuatsiya masalasini körib çiqişlarini talab qilamiz», – dedi Xerson şahar ma’muriyati rahbari Yaroslav Şanko.
Keyinroq Prokudin Korabel mikrorayonida 1800 ga yaqin odam, jumladan, 31 nafar bola qolayotganini ma’lum qildi.
Adler neft bazasiga hujum
3 avgustga ötar keçasi Ukraina dronlari hujumidan söng Soçining Adler rayonidagi neft bazasida yirik yonğin yuzaga keldi. Krasnodar ölkasi tezkor ştabi ma’lumotlariga köra, u yerda dron parçalari qulaşi oqibatida 2000 kub metr neft mahsulotlari bölgan rezervuar yonib ketgan, şundan söng olov boşqa rezervuarga ötgan. Bir neça soatdan söng rezervuarlardan biridagi yonğin öçirildi, ikkinçi yonğin öçoği qurşab olindi.


















