Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi
Ukrainaning Dnipropetrovsk, Xerson, Donetsk va Xarkiv viloyatlari aholisi 4 may kuni Rossiyaning o‘qqa tutishidan jabr ko‘rdi.
Foto: DW
4 may, yakshanba kuni Rossiyaning Ukrainaning ayrim hududlarini o‘qqa tutishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, 13 kishi yaralandi, deya xabar beradi mahalliy hukumat.
Dnipropetrovsk viloyatida o‘qqa tutish oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi. «Tushlikdan so‘ng Rossiya qo‘shinlari Sinelnikovskiy tumanining Novopavlovskaya mahallasiga boshqariluvchi aviabomba bilan zarba berdi. 54 yoshli erkak halok bo‘ldi. Hujum natijasida ikkita yong‘in sodir bo‘ldi. Xususiy uy va xo‘jalik binosi yonib ketdi», — dedi viloyat harbiy ma’muriyati raisi Sergey Lisak.
Bundan tashqari, Rossiya uchuvchisiz uchog‘ining viloyatning Nikopol tumanidagi Marganets shahriga ertalabki zarbasi chog‘ida uch kishi – 39 va 68 yoshli erkaklar va 75 yoshli ayol yaralangan. Hammasi kasalxonaga yotqizilgan, ahvoli o‘rtacha.
Xersonda Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining ikkita hujumi natijasida ikki nafar mahalliy aholi tan jarohati oldi, deb xabar berdi Xerson viloyati harbiy ma’muriyati. 29 yoshli erkakka portlash jarohati va miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan, 40 yoshli ayol esa mashinasiga portlovchi moslama tushishi oqibatida portlash jarohati, umurtqa pog‘onasi va oyoqlaridan jarohat olgan. Jabrlanuvchi kasalxonada, ahvoli o‘rtacha og‘ir.
Donetsk viloyatida Rossiyaning o‘qqa tutishi oqibatida olti kishi yaralandi.
Mavzuga oid
15:30
Ukrainada Zelenskiyning safdoshi Timur Mindich uyida tintuv o‘tkazildi
15:11
Rossiyaliklarning sim-kartasi xorijdan qaytganidan so‘ng bloklanyapti
14:27
Hisobot: Rossiya Ukraina havo mudofaasini tobora ko‘proq chetlab o‘tmoqda
13:37