Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
Rossiya tomoni o‘z hududida jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini vatanga o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Biroq bu jarayonni amalga oshirish uchun O‘zbekiston tegishli xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilishi kerak.
Foto: RIA Novosti
Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova Rossiya hududida sudlangan va jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini yurtiga topshirish imkoniyati borligini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Rossiya bu masalada amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor. Ammo mahkumlarni O‘zbekistonga o‘tkazish jarayonini boshlash uchun respublika 1998 yilda qabul qilingan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni keyingi jazoni o‘tash uchun topshirish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomaga qo‘shilishi lozim.
Moskalkova ushbu masalani MDH Inson huquqlari komissiyasi yig‘ilishida ko‘targan. Uning ta’kidlashicha, ayni paytda Rossiya mazkur konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar bilan shunday tartibda hamkorlik qilib kelmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu xalqaro kelishuv Rossiya bilan bir qatorda Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘izistonda ham amal qiladi. Mazkur mexanizm orqali ushbu davlatlar fuqarolari, agar ular boshqa ishtirokchi davlat hududida sudlangan bo‘lsa, jazoni o‘z mamlakatida o‘tash imkoniga ega bo‘ladi.
Ushbu tartibning asosiy maqsadi mahkumlarning ijtimoiy reabilitatsiyasini yengillashtirish, ularning oilasi va yaqinlariga yaqin muhitda jazo o‘tash imkoniyatini yaratishdan iborat. Shu bois, bunday amaliyot insonparvarlik tamoyillariga mos mexanizm sifatida baholanadi.
Mavzuga oid
17:56 / 04.04.2026
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda
09:50 / 04.04.2026
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
18:59 / 02.04.2026